Darslik bilan ishlash.
1-topshiriq og‘zaki bajariladi. O‘quvchilar rasm asosida berilgan
hisobni bildirgan so‘zlardan mosini tanlab gaplar tuzadilar.
1-mashq. O‘quvchilar zanjir usulida gaplarni o‘qib, hisobni
bildirgan so‘zlarni aniqlaydilar. Hisobni bildirgan so‘zlarni daftar-
lariga yozadilar.
2-mashq og‘zaki bajariladi. O‘quvchilar suhbat matnini nuqtalar
o‘rniga hisobni bildirgan so‘zlarni qo‘yib o‘qiydilar.
Matn bilan ishlash. O‘qituvchi «Bog‘i Boburiy» matnini ifodali
o‘qib beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga matndan bog‘, daraxt, me-
valarning nomi, qovun so‘zlarini topib gaplarni o‘qish topshirig‘ini
beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning eshitib tushunganlari yuzasidan
suhbat tashkil etadi.
1. Kim Hindistonga boribdi?
2. Hindiston qanday shahar ekan?
3. Boburshoh Hindistonda nima qilibdi?
4. Bog‘ga nimalar ekibdi?
5. Boburshoh nimani yaxshi ko‘rar ekan?
6. Boburshoh nima uchun xafa bo‘libdi?
7. Boburshohga nima olib kelishibdi?
8. Bog‘bon Boburshohga nima debdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |