O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


-BOB. IX-XII ASRLARDA YAQIN VA O‘RTA ShARQ MAMLAKATLARIDA MANTIQ ILMI, AL-KINDIYNING MANTIQIY TA’LIMOTI


Download 1.78 Mb.
bet194/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

21-BOB. IX-XII ASRLARDA YAQIN VA O‘RTA ShARQ MAMLAKATLARIDA MANTIQ ILMI, AL-KINDIYNING MANTIQIY TA’LIMOTI

Sharqda birinchilardan bo‘lib mantiq ilmi bilan shug‘ullangan, arab-musulmon dunyosida peripatetizmga yo‘l ochib bergan mutafakkir al-Kindiydir. U arablardan birinchi bo‘lib, Arastu falsafasining asosiy qoidalarini ilmiy amaliyotga kiritdi.

Abu Yusuf Yoqub ibn Is’xoq al-Kindiy (805-873 y.y.) Kufa shahri va Basrada ta’lim olgan. Al-Kindiy arifmetika, geometriya, astronomiya, mexaniqa, kimyo, fizika, falsafa, mantiq, diniy ilmlar, arab tili va grammatikasi bilan shug‘ullangan. Bog‘dodda ilmiy faoliyatini olib borgan.

Al-Kindiy jami 272 ta asar yozgan bo‘lib, ulardan juda oz qismi bizgacha yetib kelgan. Faylasufning quyidagi asarlari rus tiliga tarjima qilingan:

1. Aristotel kitoblarining soni va falsafani o‘zlashtirish uchun nima zarurligi haqida traktat. 2. Birinchi falsafa haqida. 3. Besh mohiyat haqida kitob. 4. Paydo bo‘lish va yo‘qolishning amaldagi yaqin sababini tushuntirish163. 5. Buyumlarning ta’rifi va tasviri haqida risola164.

Al-Kindiy qadimgi grek, hind va forslarning falsafiy-mantiqiy merosini yaxshi bilgan, arab tilida falsafiy atamalarni ishlab chiqishda faol qatnashgan va o‘z davrida birinchi bo‘lib fanlarni tasniflashga uringan. Al-Kindiyning dunyoqarashida mantiq ilmiga oid masalalar alohida o‘rin egallaydi. U qadimgi yunon mutafakkirlari asarlarini tarjima qilib, ularga sharhlar yozgan.

O‘rta asrlarda yozilgan “al-Fixrist” nomli bibliografik asarda (muallifi ibn an-Nadim, 995-y vafot etgan) al-Kindiyning “Aristotelning o‘nta kategoriyalari haqida”, “Kategoriyalar”dagi Aristotelning maqsadi haqida” nomli asarlari to‘g‘risida ma’lumot beriladi. An-Nadimning ta’kidlashicha, al-Kindiy “Ikkinchi Analitika”ga oid ikki traktat yozgan: “Mantiqiy isbotlashga doir qisqacha risola” va “Isbotlash haqidagi risola”. Shuningdek, al-Kindiy “Sofistlarning adashtirilishlariga qarshi ogohlan-tirish” nomli risolasida Aristotelning “Sofistika”siga bo‘lgan munosabatini bayon qiladi. Al-Kindiyning “She’r san’ati haqida” nomli asari Aristotelning “Poetika”siga komentariy sifatida yozilgan165.

U Aristotelning “Ikkinchi analitika”sini Evklid geometriyasi bilan solishtirish g‘oyasini ilgari suradi. Mantiqiy isbotlashni tushunish va undan foydalanish uchun geometriya’ni o‘rganish zarur, deb hisoblaydi. Uningcha, faqat shundagina Aristotelning yaratgan qoidalarini tushunish mumkin. Al-Kindiy biror-bir buyumni isbotlashni uning mavjudligiga, borligiga ishonmasdan turib, amalga oshirish mumkin emasligini ta’kidlaydi. Uningcha, buyumni bilish, avvalo, buyumni tashkil etuvchi shaklni o‘rganishdan iboratdir, ya’ni bilish jarayonida inson dastlab, sezgilari orqali bilimga ega bo‘ladi. Aql vositasida esa, buyumning mohiyatini bilib oladi. Al-Kindiy bir buyum haqida o‘zaro zid mulohaza bildirish mumkin emas deb, hisoblaydi. Mutafakkirning quyidagi fikridan, uning nozidlik qonunini e’tirof etganligi ma’lum bo‘ladi:

“Noimkoniylik – biror buyumda ikki zid tomonlarini aynan bir vaqtda, bir qismda va bir xil munosabatda birlashtirishdir”166.

Al-Kindiy “Birinchi falsafa haqida” risolasida aql tomonidan hech bir shartsiz qabul qilinadigan birlamchi chin asoslar (orttirilmagan bilimlar)ning quyidagi olti turini ko‘rsatib o‘tadi:



  1. Biri ikkinchisidan kattaligiga ko‘ra farq qilmaydigan barcha jismlar o‘zaro teng.

  2. O‘zaro bir-biriga teng bo‘lgan jismlar o‘zining tomonlari o‘rtasida aktual va potensial ravishda teng masofaga ega.

  3. Yakuniga (nihoyasiga, chegarasiga) ega bo‘lgan narsa cheksiz emas.

  4. Barcha o‘zaro teng bo‘lgan jismlar shundayki, agar ulardan biriga qandaydir jism qo‘shilsa, unda u boshqalaridan eng kattasi bo‘ladi va bu jism qo‘shilgungacha bo‘lgan holatidan katta bo‘ladi.

  5. Ikki jism cheklangan o‘lchovga ega bo‘lsa, agar ular qo‘shilsa, undan paydo bo‘lgan jism cheklangan o‘lchovga ega bo‘ladi. Bu barcha kattaliklarga va o‘lchovga ega bo‘lgan barcha narsalarga nisbatan to‘g‘ridir.

  6. O‘xshash qismlarga ega bo‘lgan ikki buyumdan kichkinasi katta jismni yoki uning qismini o‘lchash uchun xizmat qiladi167.

Bular matematik prinsiplar bo‘lib, ulardan faylasuf borliq bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda foydalangan. Al-Kindiy “Buyumlarning ta’rifi va tasviri haqida” deb nomlangan risolasida falsafa va tabiatshunoslikka oid yuzga yaqin tushunchalarning ta’riflarini bergan. Uning ta’riflashicha, “fan – buyumlarga oid haqiqatni bilishdir. Haqiqat – bor narsa haqidagi tasdiq mulohaza, va yo‘q narsa haqidagi inkor mulohaza. U, shuningdek, yo biror narsaning isboti bo‘ladi yoki biror narsani undagi buyum vositasidagi inkori bo‘ladi. Yolg‘on – yo‘q narsa haqidagi tasdiq va bor narsa haqidagi inkor mulohazadir168. Fikr – buyumning ko‘rinishi haqidagi mulohazadir. Shuningdek, aytishlaricha, bu haqiqatning o‘zi emas, balki dalillarsiz, isbotsiz tushuntirish bo‘lib, uning vositasida mulohaza aytuvchi o‘z mulohazasini yakunlashi mumkin. Ishonchlilik – tushunganidan qanoatlanish bo‘lib, isbotlash orqali tasdiqlanishi kuzatiladi169. Fikr – g‘oya’ning oqibatidir. Bilim – o‘tkinchi bo‘lmagan fikrdir. Donolik – aqliy quvvatning xislati bo‘lib, bu umumiy buyumlarni ularning haqqoniyligida bilishdir va ularning haqqoniyligidan kelib chiqib, amalga oshirish kerak bo‘lgan narsani amalga oshirishdir170”.

Al-Kindiyning falsafiy va mantiqiy asarlari, uning ratsionalistik yo‘nalishdagi fikrlari Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Beruniy va boshqa progressiv mutafakkirlar dunyoqarashining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Uning asarlari O‘rta asrlardayoq G‘arbiy Yevropada keng shuhrat qozondi.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling