O‘zbekiston o‘simliklar dunyosini muxofaza qilish


Download 142 Kb.
bet6/8
Sana28.03.2023
Hajmi142 Kb.
#1303578
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9 Ўзбекистон ўсимликлар дунёсини мухофаза қилиш

Voha hayvonlari. Vohalarda qushlardan qishloq qaldirg‘ochi, qora jarqaldirg‘och, musicha, dala chumchug‘i kabilar, sut emizuvchilardan mitti ko‘rshapalak, uy sichqoni, kulrang kalamush ko‘p. Uy-joylarda va xarobalarda ko‘pincha kulrang gekkon, turkiston gekkoni, ko‘k kaptar, oq laylak, boyo‘g‘li, ukki, ko‘k qarg‘a, zag‘cha, katta taqaburun ko‘rshapalak, mo‘ylovdor uch rangli tungi ko‘rshapalak, kechki ko‘rshapalak xaѐt kechiradi. Daraxtzorlarda qora kalxat, tyuvik, jig‘oltoy, qora kaptar, zag‘izg‘on, go‘ngqarg‘a, zarg‘aldoq, vahimaqush, uzun dumli dumparast, uy chumchug‘i, qorato‘sh chumchuq, malla vyurok, g‘arb bulbuli, qorayaloq va boshqa qushlar in qo‘yishadi. Bedapoyalarda qirg‘ovul va bedana uchrab turadi. Chiyabo‘ri va uzun quloqtipratikan, cho‘l kaltakesagi, tez kaltakesak, rang-barang chipor ilonlar ko‘p. Janubiy voxalarda ko‘zoynakli ilon uchrab qoladi. Dala va bog‘larda yashil qurbaqalar yashaydi.
Zararkunanda hayvonlar. Tabiatda juda ko‘plab foyda keltiradigan hayvonlardan tashqari, ularning qishloq ho‘jaligi, o‘rmonchilik, o‘simliklar, omborlarda saqlanaѐtgan g‘allalarga, kiyim-kechaklarga juda katta zarar yetkazadigan turlari bor. Shuningdek, bir qancha hayvonlar odamlar, chorva mollari, uy va ѐvvoyi hayvonlarda parazitlik qiladi ѐki kasallik qo‘zg‘atuvchilarni yuqtiradi.
Qishloq xo‘ j al i k ek i l a r i zararkunandalari. Respublika qishloq ho‘jaligi ekinlariga zarar keltiradigan hayvonlarning anchagina qismini kemiruvchilar, hasharotlar, kanalar va ayrim nematodalar tashkil qiladi. Har bir ekin, daraxt, o‘rmon va boshqa o‘simlik turining o‘ziga xos zararkunandalari mavjud. Texnika ekinlaridan g‘o‘zaga 200 dan ko‘proq tur hashoratlar ayniqsa dala qandalasi, g‘o‘za shirasi, tamaki tripkasi, o‘rgichakana jiddiy zarar keltiradi. Boshoqli ekinlarni hammaho‘r turlaridan chigitka, temirchaklar, buzoqboshi, shved pashshasi, bug‘doy tripsi, shilishiqqurt, poya burgachalari ko‘p zarar keltiradi. Chuchuk suv hayvonlari. O‘zbekiston suv havzalarida 80 ga yaqin baliq turlari uchraydi, ulardan 20 ga yaqini (oq do‘ngpeshona, ola-bula do‘ngpeshona, oq amur, qora amur, ilonbosh, balxash olabug‘asi va b.) Uzoq Sharkdan; pelyad Sibirdan; gambuziya Amerikadan keltirilgan. Tekislikdagi suvlarga plotva, oqcha, so‘zanbaliq, oqqayroq, zog‘ora, laqqa, oq sla, samarqand xramulyasi va xonbaliqar, tog‘ suvlari uchun qorabaliq, gulmohi va goles baliqlar xos. Shimoldagi suv havzalarida cho‘rtan baliq, olabug‘a, ko‘kbo‘yin baliqlar uchraydi. Kam uchraydigan va yo‘qolib boraѐtgan turlardan Amudarѐ va Sirdarѐ kurak buruni, bakra baliq bor.

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling