O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Ezop (Akadroz)(tax. mil.av. VI asr)


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Ezop (Akadroz)(tax. mil.av. VI asr) Masalchilikning otasi deb 
hisoblangan yarim afsonaviy Ezop – miloddan oldingi VI asrda 
yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, aslida u frigiyalik qul bo‘lib, 
keyinchalik ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmatda 
bo‘lgan, Delfada yerli xalq bilan bo‘lgan janjalda qoyadan uloqtirib 
o‘ldirilgan. Antik davrda ma’lum bo‘lgan deyarli barcha masallarn-
ing syujeti Ezopniki deb hisoblangan. Ular miloddan avvalgi V-IV 
asrlardan boshlab to‘planib, yozib olingan va “Ezop masallari” ki-
tobiga kiritilgan. Milodiy X-XVasrlardagi qo‘lyozmalarda 300 dan 
ortiq shunday masal saqlanib qolgan.
Aksariyat syujetlari Shumer og‘zaki va yozma adabiyotiga borib 
taqaluvchi Yaqin Sharq masallariga yaqin turuvchi Ezopning nasriy 
masallari g‘oyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozil-
gan, personajlari (asosan, hayvonlar) o‘ta shartli. Voqealar ixcham 
bayon qilinib, pand-nasihat bilan yakunlangan, tili sodda, jonli til-
ga yaqin. Masalchining ismi bilan yashirin ma’nosi bo‘lgan fikrlar 
ezop tili deb atala boshlagan. Ovrupa masalchiligi syujetining aso-
sini Ezop masallari tashkil etgan. Ezopning ta’sirini keyingi davr 
masalchilarining deyarli barchasida, jumladan, fransuz yozuvchisi 
Lafonten(XVII asr), nemis adibi Lessing(XVIII asr), rus masalnavisi 


56
Krilovda sezish mumkin. “Dehqon bilan o‘g‘illari”, “Bog‘bon bilan 
o‘g‘illari”, “O‘g‘ri bilan onasi”, “Yolg‘onchi cho‘pon” masallardagi 
syujet va motivlarni o‘zbek xalq ertaklari(“Birlashgan o‘zar” ertagi), 
A. Navoiyning “Hayrat ul abror” asaridagi “Yolg‘onchi cho‘pon” 
hikoyatida uchratish mumkin. 
Qadimgi Yunonistonda she’riyatning oddiy turlari hisoblangan 
yamb va elegiya bilan birga VII-VI asrlarda monodik ya’ni, yakkax-
on lirika ham taraqqiy etgan. She’riyatning bu turi xalq adabiyoti va 
musiqaning ta’siri ostida paydo bo‘lgan. Kichik Osiyoning g‘arbiy 
qirg‘og‘idagi Lesbos orolida tug‘ilib o‘sgan ikki ulug‘ shoir – Alkey 
va Sapfo o‘zlari ixtiro etgan turli-tuman vaznlar bilan monodik liri-
kani yuksak san’at darajasiga ko‘targanlar.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling