O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/141
Sana11.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1666513
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141
Bog'liq
jaxon adabiyati songisi

Alkey (m.av. 630–640 yy. tug‘.) Lesbos orolining poytaxti Mit-
ilena shahrida badavlat oilada tug‘ilgan. Shoir, taxminan miloddan 
oldingi VII – VI asrlar o‘rtasida ijod qilgan. Bu davrlarda zodagon-
lar bilan quyi tabaqa o‘rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar 
juda keskinlashib ketgan edi. Uning ijodida siyosiy kurashlar, fuqa-
rolar urushi, muhojirlar hayotini aks ettirish asosiy o‘rinni egallagan 
bo‘lsada, muhabbat mavzularida ham juda ko‘p jo‘shqin misralar 
yaratgan. Lesboslik shoira binafsha soch, nozik tabassumli, Sapfo 
sharafiga ham she’rlar bitgan. 
Binafsha soch ey Sapfo,
Hushtabassum, musaffo.
Senga bir so‘z aytgim bor,
Ammo yo‘l qo‘ymaydi or.
(Erkin Vohidov tarjimasi) 
Alkey o‘z she’rlarida Lesbos taxtiga o‘tirgan Pittakni tanqidga 
olganligi sababli uzoq o‘lkalarda quvg‘inda yashashga majbur 
bo‘lgan. 
Yakkaxon lirikaning vazni rang-barang, baytlari esa g‘oyatda 
nafis bo‘lgan. Shoir ixtiro qilgan turli-tuman vaznlar bilan monodik 
lirikani mislsiz yuksak san’atkorlik cho‘qqisiga ko‘tardi. Alkeydan 


57
keyin jahon she’riyatida abadiy o‘rnashib qolgan bir vazn hamon 
ulug‘ shoirning nomi bilan ataladi.
Alkey o‘z she’rlarida ertangi kuniga katta umidlar bog‘lamaydi. 
O‘zi yashayotgan polisni to‘lqinlar taloto‘pi ichra dengizda suzayo-
tgan kemaga qiyoslaydi. Shoir Siyosiy mazmundagi she’rlardan 
tashqari, quvonch va qayg‘u, muhabbat izhori, qahraton qish va 
jazirama yoz mavzularida, dasturxon atrofidagi gurung qo‘shiqlarini 
ham yaratgan. Bu qo‘shiqlar ijodkorning ulfatlari oldida o‘z tuyg‘u 
hamda fikrlarini bayon etish vositasi bo‘lgan. Ularning aksariyati 
qayg‘u va alamlarni unutish uchun mayxo‘rlik qilishga undov bilan 
tugallanadi. Alkey o‘z qo‘shiqlarida “may bor joyda haqiqat bor”, 
“may-insonlar ko‘zgusi” degan iboralarni qo‘llagan. 
Qadimgi Yunonistonda Alkey she’rlarining g‘oyat keng tarqal-
ganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Shoirning asarlari Aleksandriya 
olimlari tomonidan mazmuniga qarab, o‘n jildga ajratilgan. 
Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Alkeyning she’rlari o‘zining 
muxtasarligi, tilining ravonligi, misralarning nafis va ohangdorligi 
hamda o‘lchovlarning rango-rangligi bilan antik dunyo kishilarini 
o‘ziga maftun etgan va keyingi davrlar adabiyotiga kuchli ta’sir 
ko‘rsatgan. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling