O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Vasiylik va homiylik vazifalarini amalga oshirish


Download 0.85 Mb.
bet102/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

3-§. Vasiylik va homiylik vazifalarini amalga oshirish
Fuqarolik kodeksining 32-moddasiga binoan vasiylik va homiy­lik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to'liq layoqati bo`lmagan fugarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilana­di. Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar va homiylarning bunga tegishli huquq va burchlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Vasiylar va homiylar o'z himoyalaridagi shaxsning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar.



Voyaga yetmagan bolalarga vasiy va homiy belgilanganda uning oldiga qo'yilgan maqsad ularga oilaviy tarbiyani ta'minlash, ular bola­lar bilan bir oilada yashashlari lozim.

Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish vasiylik va homiylik organlarining tavsiyasiga asosan mol-mulk joy­lashgan hududda o`rnatiladi.

Vasiylik va homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish, ularga tegishli mol-mulkni boshqalarga o'tkazish, vasiylik va homiy­likdagi shaxslarga tegishli pul va boshqa qimmatli buyumlarni sag­lash, mol-mulkni boshgarish va saglash bilan bog`liq bo'lgan boshqa harakatlarni bajarish tartibi va shartlari, shuningdek, vasiylik va ho­miylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish va saglash bo`yicha vasiy va homiylarning hisobot berish tartibi qonun hujjatlari bilan bel­gilanadi.

Vasiy va homiy o'z vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsga ta'mi­not berishga majbur emas.

------------------------------228----------------------------------

Vasiylik va homiylik ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'l­gan bolalarni ta'minlash, ularni tarbiyalash va ularga ta'lim berish, shuningdek, ularning shaxsiy va mulkiy huyuglari va manfaatlarini himoyalash maqsadida belgilanadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling