3-§. Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish
Oila kodeksining 168-moddasida farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topishga asos bo'ladigan holatlarning tugallangan ro'yxati berilgan.
Farzandlikka olish quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi, agar:
- farzandlikka olish galbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan bo`lsa;
- farzandlikka olish soxta bo'lsa;
- voyaga yetgan shaxs farzandlikka olingan bo'lsa;
- farzandlikka oluvchi Oila kodeksining 152-moddasiga muvofiq farzandlikka olish huquqiga ega bo`lmagan bo'lsa.
Me'yoriy hujjatda farzandlikka olishni istovchi shaxslar tomonidan taqdim qilinishi lozim bo'lgan hujjatlar ro'yxati berilgan. Shu ro'yxatda ko'rsatilgan hujjatlardan birining farzandlikka oluvchi tomonidan qalbakilashtirilganligi aniglanishining o'zi belgilangan tartibda farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topishni so'rab sudga murojaat qilishga asos bo'ladi.
Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish masalasi ishning barcha holatlarini hisobga olgan va bola manfaatlaridan kelib chiqqan holda sud hal giladi'.
Do'stlaringiz bilan baham: |