O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farzandlikka olish shartlari va tartibi
XX mavzu. FARZANDLIKKA OLISH
1-§. Farzandlikka olish tushunchasi Farzandlikka olish Oila kodeksining 20-bobi, 151-172-moddalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiglangan «Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va oilaga tarbiyaga olish (patronat) to'g'risida Nizom>> bilan tartibga solinadi. Farzandlikka olish munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalar ota-onasi bo`lmagan yoki har xil sabablarga ko'ra ular tarbiyasidan mahrum bo'lib qolgan bolalarga oilaviy tarbiyani ta'minlab, bolalar huquq va manfaatlarini go`riglashga garatilingandir. Farzandlikka olish huquqiy dalolatnoma bo`lib, bunga asosan farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinuvchilar o'rtasida otaonalar bilan bolalar o'rtasidagi kabi huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Farzandlikka olish tufayli bolalar yangi ota-onalarga va boshqa garindosh-urug`larga ega bo`lib, o'zlarining ota-onalari va garindoshurug`lari bilan huquqiy munosabatni tugallaydi. Farzandlikka olish bu huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi va bekor qiluvchi yuridik fakt bo`lib hisoblanadi. Oila kodeksining 151-moddasi 1-gismiga binoan, farzandlikka olishga fagat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarinigina ko'zlab yo`1 qo'yiladi. O'zining belgilangan maqsadi bo`yicha farzandlikka olish instituti juda insonparvar institutdir. U o'z ota-onalaridan mahrum bo'lgan yoki ayrim sabablarga ko `ra ota-ona tarbiyasini ololmaydigan bolalarga normal oilaviy tarbiyani ta'minlashga garatilgandir. Farzandlikka olish tufayli ota-onasini yo'qotgan bola boshqa oilaga joylashtirilib, unga oilaviy tarbiya beriladi. Farzandlikka olinuvchilar farzandlikka oliuvchilar tufayli hamma masalalarda ota-onasining o`rnini bosadigan shaxslarga ega bo'ladilar. Farzandlikka olish tufayli bolalari bo`lmagan shaxslar otalik va onalikdan iborat bo'lgan tabiiy ehtiyojlarini qondiradilar. Farzandlikka olish ayniqsa ikkinchi jahon urushi yillarida juda ko'p tarqalgan ----------------------------------219----------------------- bo'lib, fugarolar ota-onasidan yetim golgan bolalarni o'z bag`irlariga olib, ularga nisbatan mehribonlik qilganlar. O`zbekistondagi ko'pgina bolalarni o'z bag'riga olib tarbiyalagan oilalar juda ko'p. Jumladan, rus, o`zbek, gozoq, girg`iz, yahudiy, tatar, moldavan va boshqa millatlarning 14 bolasini o`z bag'riga olio, ularni bir-biriga do`st, mehribon, aka-ukadek qilib o'stirgan oddiy temirchi - Shoahmad Shomahmudov va uning rafiqasi Bahri Akramovaning vatanparvarligi juda yuksakdir. Vatan va xalq oldidagi bu olijanob ishlari uchun ular davlat tomonidan yuksak rag`batlantirildi. Toshkent shahrining Xalqlar do'stligi maydonida ularga haykal o`rnatildi. Bunday mehribon ota-onalar jamiyatimizning faxridir'. Farzandlikka olish - bu o'zganing farzandini o'z farzandiga tenglashtirib olishdir. Farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o'rtasida tuqqan ota-ona bilan bolalar o'rtasidagi kabi huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Farzandlikka olish farzandlikka oluvchi (va uning garindoshlari) hamda farzandlikka olinganlar (va ularning bo`lg`usi avlodlari) o'rtasida qonunda ota-ona va bolalarga nisbatan belgilangan qonun hujjatlarida maxsus ko'rsatilgan yoki ko'rsatilmaganligidan qat'iy nazar, barcha shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltiradi.
-----------------------------------220------------------------- Oila kodeksining 1.59-moddasiga binoan, bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi. Ota-onaning bolani farzandlikka olinishiga roziligi yozma shaklda bayou etilishi kerak. Oila qonuniga ko'ra quyidagi hollarda ota-onaning roziligisiz farzandlikka olishga yo'l qo'yiladi; - ota-onaning kimligi noma'lum bo'lsa; - ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum gilingan bo'lsa; - ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo'qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan bo`lsa; - ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolalaridan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo'Isa.
Farzandlikka oluvchini shaxsiyati to'g'risida bola shaxsan xabardor bo'lishi kerak. Oila kodeksining 156-moddasiga muvofiq agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo`lsa va ularni o'z ota-onasi deb e'tirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Bu qoida bolani kutilmagan his-tuyg'u va ruhiy ta'sirlardan xoli qilib, farzandlikka olinayotganni tug'ishgan o`g`il (qiz) sifatida o'sayotganligiga ta'sir etadi. --------------------------------221------------------------------ Agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan bo'lsa, bunga xotin (er)ning roziligi talab etiladi (Oila kodeksining 157-moddasi 1-bandi). Ko`pincha amaliyotda er-xotinlarning ikkalovlari tomonidan bolalar farzandlikka olinadi. O'zbekiston Respublikasida farzandlikka olish ma'muriy tartibda belgilanadi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning arizasiga, vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko`ra tuman, shahar hokimi garori bilan amalga oshiriladi. Oila kodeksining 163-moddasiga binoan tuman, shahar hokimining farzandlikka olishni rad etganligi ustidan farzandlikka olish haqidagi ariza bergan shaxs sud tartibida shikoyat gilishi mumkin. Farzandlikka olishni istovchi shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: - Farzandlikka oluvchilarning ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda gachondan beri turganligi, ularning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari bo'lsa ularning soni va yoshlari farzandlikka olinadigan bolaning familiyasi, ismi, otasiing ismi, yoshi va jinsi ko'rsatilgan arizasi; - shaxsini tasdiglovchi hujjat; - nikoh tuzilganligi (nikohdan ajralganlik) haqidagi guvohnomaning nusxasi; - oila a'zolari ko'rsatilgan turar joydan ma'lumotnorna; - ish joyidan ish haqi ko'rsatilgan ma'lumotnoma; - farzandlikka olishni istovchi shaxsning sog`lig`i to'g'risida tibbiy maslahat komissiyasining xhlosasi, psixiatriya, narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma'lumotnomasi.
Farzandlikka oluvchilar bolaning tug`ilganligi to'g'risidagi yozuvlar daftariga uning ota-onasi deb yozilishi kerak. Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tug'ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo`lmagan farq bilan o'zgartiriladi. -----------------------------------222--------------------------
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling