O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
4-§. Aliment qarzini undirish
Oila kodeksining 139-moddasiga binoan, aliment qarzi aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadidan undiriladi. Ish haqi va (yoki) boshqa daromad yetarli bo'lmaganda, aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisob varaglarida turgan pul mablag'idan, tijorat va tijoratchi bo'lmagan tashkilotlarga shartnoma asosida o'tkazilgan pul mablag'idan undiriladi, mink huquqining o'tishiga olib keluvchi shartnomalar bundan mustasno. Ma'lumki, avvalgi Nikoh va oila kodeksiga muvofiq aliment undirish uni to`lashga mas'ul bo`lgan shaxsning ish haqi (daromadi) dan undiriladi. Bu qoida bozor iqtisodiyotiga o'tishda zamon talablariga javob bermay qoldi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 53-moddasiga muvofiq, bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston igtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mink tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat gilish erkinligining, barcha mink shakilarining teng huqugliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Aliment qarzi aliment to'lashga majbur shaxsning hamma daromadidan undiriladi. Ammo undirish tartibi birmuncha o'zgardi. ---------------------------------------210------------------------------ Oila kodeksining aliment undirishga qaratilgan tartibi Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda hamda Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartib va navbat asosida amalga oshiriladi. Dastlab aliment xodimning asosiy ish joyida oladigan maoshidan, keyin uning banklar yoki boshqa kredit muassasalaridagi mablag`laridan undiriladi. Aliment to `lash to `g `risidagi notarial tartibda tasdiglangan kelishuv yoki ijro varaqasi asosida o'tgan davrdagi aliment qarzi ijro yoki aliment to`lash to'g'risidagi kelishuv aliment undirish uchun taqdim gilingunga qadar o'tgan uch yildan ortiq bo'lmagan muddat uchun undiriladi. Amaldagi qonunchilikda belgilangan normadan ham istisno tariqasida aliment undirilishi mumkinligini belgilaydi. Alimentlar ijro varaqasi yoki aliment to `lash to'g'risidagi notarial tartibda tasdiglangan kelishuv bo`yicha aliment to`lashi chart bo'lgan shaxsning aybi bilan undirilmagan bo`lsa qonunda ko'rsatilgan uch yillik muddatdan qat'iy nazar, o'tgan barcha vaqt uchun undiriladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling