O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Alimentni sud tartibida undirish


Download 0.85 Mb.
bet93/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

3-§. Alimentni sud tartibida undirish
Oila kodeksining 96-129-moddalarida belgilanganidek, ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal giluv qaroriga yoki sud buyrug'iga asosan aliment undiriladi'. Qarindoshlar va boshqa shaxslardan voyaga yet­magan bolalar uchun, shuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqat­siz, yordamga muhtoj shaxslar ta'minoti uchun undiriladigan aliment­ning miqdori sud tomonidan aliment undirilayotgan shaxsning va ali­ment olayotgan shaxsning moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olib, har oyda pul bilan to`lanadigan qat'iy summada belgilanadi, a'zolari­ning va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari to'g'risida aliment to'lash to'g'risida kelishuv bo'lmasa u holda aliment to`lash to`g`ri­sida sudga da'vo bilan murojaat etish mumkin.

Oila kodeksining 136-moddasida alimentni sud tartibida undi­rishga oid qoidalar berilgan.

Aliment olish huquqiga ega bo`lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan song gancha muddat o'tganidan qat'iy nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat gilishga haqlidir.

Mazkur shaxs, nizo bo`lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bola­lar uchun aliment undirish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat

-----------------------------------------209-----------------------------

etishga hagli bo`lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko'­rib chiqiladi.

Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.



Agar ta'minot uchun mablag' olish choralari sudga murojaat qi­lingunga qadar ko`rilganligi, ammo aliment to'lashi chart bo'lgan shaxsning uni to`lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinma­ganli sud tomonidan aniglansa, o'tgan davr uchun aliment sudga mu­rojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib oli­nishi mumkin'.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling