5-§. O'gay ota va o'gay onaning o'gay o`g`il va o'gay gizlariga aliment berish majburiyati
Oily kodeksining 127-moddasiga binoan, o'gay ota va o'gay onaning tarbiyasida yoki ta'minotida bo'lgan voyaga yetmagan o'gay o`g`il va o'gay gizlarning ota-onasi yo'q bo'lsa yoxud o'z ota-onasidan yetarli mablag' ololmayotgan bo`lsa, ularga ta'minot berish majburiyati o'gay ota va o'gay ona zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Bu aliment majburiyati qon-qarindoshlik munosabatiga asoslangan bo'lmay, o'gay ota va o'gay ona tomonidan o'gay bolalarni tarbiyalaganlik yoki ta'minlaganlik yuridik faktiga asosan kelib chiqadi.
O'gay bolalarga o'gay ota yoki o'gay ona tomonidan tarbiya va ta'minot berilganlik yuridik fakti ularning bir oilada birga yashaganliklari bilan tasdiglanishi mumkin. Aliment majburiyatini belgilash
--------------------------------202------------------------------------
uchun o'gay ota va o'gay ona bilan birga o'gay bolalarning uzoq vaqt birga yashagan bo`lishlari shart emas.
O'gay ota va o'gay ona bilan o'gay bolalar o'rtasidagi aliment majburiyati ta'minot berish uchun majbur bo`Igan boshqa garindoshlar bo'lmagan holda vujudga keladi.
Xususan, voyaga yetmagan o'gay bolalarga ta'minot berish majburiyatini o'gay ota va o'gay onaga yuklash uchun bolaning o'z otaonalari bo'lmasligi yoki u ota-onalaridan ta'minot uchun yetarli ta'minot olomasligi lozim.
Voyaga yetgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz o'gay o`g`il va o'gay gizlarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layogatli bolalari bo`lmasa yoxud ulardan ta'minot uchun yetarli mablag' ololmasa, o'gay ota va o`gay onaning zimmasiga ularga nisbatan ham aliment majburiyatini yuklatilishi mumkin.
O'gay ota va o'gay onaning voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz ta'minotga muhtoj o'gay o'g'il va o'gay qiziarni ixtiyoriy ravishda moddiy ta'minlashga rozi bo'lishi ular o'rtasda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |