3-§. Ota-ona qaramog'idan mahrum
bo'lgan bolalarni joylashtirish
Oila kodeksining 150-moddasiga, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar oila (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oila)ga berilishi, bunday imkoniyat bo`lmaganda esa, yetim bolalar yoxud ota-onalar qaramog'idan mahrum bo`lgan bolalar uchun tayinlangan muassasalar (tarbiya, davolash, axolini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o'xshash boshqa muassasalar)ga tarbiyaga berilishi lozim.
Ota-ona qaramog'idan mahrum bo`lgan bolalarni joylashtirish shakllari har xildir.
Amaldagi oila qonunchiligi bolalarni joylashtirishda ularni oilaga tarbiyaga olinishini ta'minlovchi shakllarga (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oilaga berish) afzallik beradi.
Bolaning oilada yashashi va tarbiyalanishi uning <>gi Konvensiyada va Oila gonunchiligida nazarda tutilgan
---------------------------------217-----------------------------------
eng muhim huquglaridandir. Bu holatda, odatda bolaning o'z otaonasi oilasida yashashi va tarbiyalanishi tushuniladi.
Bolalarni joylashtirishda uni etnik kelib chiqishi, ma'lum din va madaniyatga tegishli ekanligi, ona till, tarbiyalash va ta'lim olishda izchillik holati hisobga olinishi kerak.
Oila kodeksining 150-moddasi 2-qismiga binoan, oilaga yoki muassasalarga tarbiyalash uchun joylashtirish masalasi hal bo'lguniga qadar vasiylik (homiylik) majburiyatlarini bajarish vaqtincha vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
-----------------------------218----------------------
Do'stlaringiz bilan baham: |