6-§. O'gay o`g`il va o`gay gizlarning o'gay ota
va o'gay onaga aliment berish majburiyati
Oily kodeksining 128-moddasiga binoan, mehnatga layogatsiz, yordam~a muhtoj o'gay ota va o'gay onaning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiqeri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layogatli bolalari bo`lrilasa yoxud ulardan ta'minot uchun mablag' ololmasa, ularga ta'minot berish majburiyati o'gay o'g'il va o'gay gizlar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
O'gay bolalarning o'gay ota, o'gay onaga aliment berish majburiyati belgilangan bo`lib, u o'z mazmuni bilan amaldagi Oila kodeksining 127-moddasida belgilangan bolalarning o'z ota-onasiga ta'minot berish majburiyatlariga o'xshaydi.
O'gay bolalarda o'gay ota-onaga aliment to'lash majburiyatining kelib chigishi uchun birinchidan - o'gay ota va o'gay onaning o'z otaonasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) hamda voyaga yetgan
-------------------------------------203------------------------------------
mehnatga layoqatli bolalari bo`lmasligi yoxud ulardan qandaydir sabablarga ko'ra ta'minot uchun mablag' olishlari mumkin bo'lmasligi, ikkinchidan, ta'minot talab qiluvchi o'gay ota, o'gay ona mehnatga layogatsiz, yordamga muhtoj bo`lishi chart.
Aliment to'lovchi bolalarning o'zi voyaga yetgan, mehnatga layogatli va ta'minot berish imkoniyatga ega bo`lishlari chart. Bu talablar ham aliment majburiyatini belgilashda zaruriy chart bo'lib hisoblanadi.
Quyidagi hollarda sudga o'gay o'g'il va o'gay qizni mehnatga layoqatsiz yordamga muhtoj o'gay ota va o'gay onaga ta'minot berish majburiyatidan ozod qilish huquqi berilgan. Bular jumlasiga o'gay o `g `il va o'gay qizning tarbiyasi va ta' minoti uncha uzoq davom etmagan (ya'ni, 5 yildan kam muddatni tashkil etgan) bo'lishi, shuningdek, o'gay ota va o'gay ona o'gay o`g`li va o'gay qizini tarbiyalash yoki unga ta'minot berish borasidagi o'z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi kiradi.
-----------------------------------204----------------------------------
Do'stlaringiz bilan baham: |