O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet108/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

1-§. Nikohdan ajratish
Mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o`rlasidagi, shuning­dek, chet el fuqarolari o'rtasidagi nikohdan ajratish O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksi qoidalari asosida amalga oshiriladi.

Ikki chet el fuqarosi nikohdan O'zbekistonda ajrashgan bo`lsa, uni tan olish yoki olmaslik masalasi tegishli davlatning qoidalari va fuqarolik protsessual gonunlariga rioya qilingan holda ko`rilib ajratil­gan bo`lsa, u haqiqiy deb hisoblanadi. Ammo nikohni ajratishga yo`1 qo'ygan davlatlarning normalari (ya'ni, kollizion normalar) bu masa­laga turlicha yondoshadi. Bunday hollarda nikohdan ajratish fuqaro­likka ega bo`lgan shaxslar davlatining yoki shaxslar doimo yashab tur­gan davlatning qonunlariga itoat etadi.

Nikohdan ajratish ishlari xalgaro shartnomaga asosan tartibga solinsa (Oila kodeksining 9-moddasi), bunday ishga nisbatan shartno­mada er-xotin fuqarolikka mansub bo'lgan tegishli davlatning gonun­lari tatbiq etilishi shart. Masalan, Sankt-Peterburgda yashab turuvchi O'zbekiston fuqarosi (da'vosi bo'yicha) Samarqandda yashab turuv­chi O'zbekiston fuqarosi bilan nikohdan ajralar ekan, cud da'vogar yashab turgan joy - Rossiya qonunini emas, balki O'zbekiston qonu­nini go`llashi chart.

Oila kodeksi 236-moddasining 3-qismiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga binoan fuqarolik holati dalolatnoma­larini yozish organlarida nikohdan ajralish mumkin bo`lgan hollarda bunday nikohdan ajralish O`zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalarida yoki konsullik muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.

Xorijiy mamlakatlarda qayd elilgan nikohdan ajratish haqidagi qarorning O'zbekistonda tan olinishi ushbu qaror O'zbekiston sudi­ning yoki fuqarolik holati dalolatnornalari organining qarori yuridik kuchga ega deb tan olinadi. Nikohdan ajratish haqidagi chet el dav­latida gahul qilingan qaror er-xotinni nikohdan ajrashgan deb hisob­lash uchun asos bo`ladi.

--------------------------------237--------------------------------




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling