O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Er-xotin o`rtasidagi aliment majburiyatlari


Download 0.85 Mb.
bet84/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

1-§. Er-xotin o`rtasidagi aliment majburiyatlari
Er-xotinning aliment huquq va majburiyatlari, ya'ni bir-birlariga moddiy ta'minot berish majburiyatlari mulkiy huquq va majburiyatlar turlaridan biri hisoblanadi. Bu masala bo`yicha jinsiy holat hech ganday imtiyoz belgilamaydi.

Er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning aliment majburiyatlari Oila kodeksining 15-bob, 117-121 -moddalari bilan tartibga solinadi.



Agar er va xotin xohlasalar, Oila kodeksining 31-moddasiga mu­vofiq nikoh shartnomasida o'zaro moddiy ta'minot berish bo'yicha huquq va majburiyatlar belgilashi yoki aliment to'lash to'g'risida keli­shuv tuzishlari mumkin (Oila kodeksini 130-moddasi).

Oila kodeksining 117-moddasida er-xotinning bir-biriga moddiy ta'minot berish majburiyatlari belgilangan. Unga muvofiq, <shuningdek, xotin homiladorlik davrida va o'rtada bola tu­g'ilgan kundan boshlab uch yil davomida, o'rtadagi nogiron bola o'n sakkiz yoshga to'lguncha yoki bolalikdan 1-guruh nogironi bo'lgan bolaga qaragan yordamga muhtoj er (xotin) yordam berishga godir bo`lgan xotin (er)dan sud tartibida ta'minot (aliment) olish huqugiga ega».



Er yoki xotinga beriladigan ta'minot mablag'ining miqdori sud tomonidan ta'minot to'lovchining va oluvchining moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olgan holda, har oyda to`lanadigan qat'iy summada belgilanadi. Biroq bu summa qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish hagining uchdan bir gismidan kam bo`Imasligi lozim.

Er yoki xotinga aliment, agar umuman yashashi uchun mablag'i bo`lmaganda, shuningdek, mablag'i bo`lsa ham, muhtoj bo`lsa tayin­lanishi mumkin.

Ushbu turdagi nizolarni ko'rishda sud quyidagi holatlarni aniq­lashi lozim, chunonchi: muhtoj (er (xotin)ning yashashi uchun mab­lag'ga ega yoki ega emasligini va bu mablag' uning asosiy ehtiyoj­

----------------------------------194---------------------------------



larini gondirish uchun yetarli yoki yetarli emasligini; er (xotin)ning bolalari va boshqa boqimandalari bor yo'qligini; muhtoj er (xotin) ning voyaga yetmagan bolalaridan moddiy yordarn olish yoki ol­masligini va shu kabi boshqa holatlarni aniqlaydi.

Aliment to'lovchi yoki oluvchi er yoki xotinning moddiy va oi­laviy ahvolidagi o'zgarish ularning hayotiga katta ta'sir etishi mum­kin. Bu esa manfaatdor er yoki xotinga sudga murojaat etib, aliment miqdorini o'zgartirish yoki uni kamaytirishni talab qilish huquqini beradi.

Er yoki xotinni ta'minot berish majburiyatidan ozod qilish yoxud bu majburiyatni ma'lum muddat bilan cheklash sudning hal qiluv qaroriga asosan yo'l qo'yiladi. Sud hal qiluv qarorini chiqarishda: ni­kohda qisqa vaqt turgan bo'lsalar; o'ziga nafaqa talab qilayotgan er yoki xotin oilada o'zini nomunosib tutgan bo'lsa; agar yordamga muhtoj er yoki xotin spirtli ichimliklar, narkotik moddalarni iste'mol qilish yoki qasddan jinoyat sodir etib, uch yildan kam bo'lmagan muddatga sud tomonidan hukm qilingan bo`lsa, bunday holatlarni na­zarga olish mumkin. Er yoki xotinni ta'minot berishdan ozod etish yoki bu majburiyatni muddat bilan cheklash uchun yuqorida kelti­rilgan shartlardan bittasi bo `lishi lozim. Ammo bunday holatlar mav­jud bo'lganda ham har bir vaziyatda sud ishning aniq holatiga qarab da'voni gondirishi yoki uni rad etishi mumkin.

Masalan, nikohda bo'lish muddatining uzoq yoki qisqaligiga qarab sud tomonidan hal qilinadi. Er yoki xotinning oilada o'zini no­munosib tutganligini aniglash ham sudga tegishlidir. Ammo boshqa tomon bu sharoitni isbotlashi lozim. Shu maqsadda hujjatlar (masalan, sud yoki boshqa organlarning qarorlari, tavsiyanomalari va boshqalar) dan foydalanish mumkin. Shuningdek, er yoki xotinning nomunosib xulqini tasdiqlaydigan faktlar va boshqa isbotlar talab etiladi. Qonun nomunosib xulq-atvorni fagat nikoh davridagi hayot bilan bog'lamay­di. Nikohdan o'tgunga gadar va nikohdan keyin ham mehnatga layo­qatsiz yoki muhtojlik vujudga kelishi mumkin.



Er yoki xotinning moddiy ta'minot bo'yicha nafaqa olish yoki bcrish majburiyati: aliment undirish uchun zarur bo'lgan sharoitlar tu­gashi Wan; er yoki xotinning mehnat qobiliyati tiklanishi (agar meh­natga layogatsizlik nogironlik tufayli sodir bo'lgan bo'lsa); muhtojlik

--------------------------------195------------------------------------------

tugashi (masalan, davlatdan pul yordami olish, pensiya, meros olish hamda boshqa manbalardan yashash uchun mablag' olish tufayli ali­ment olayotgan tomonning katta pul yutug'ini olishi) bilan, shu­ningdek, aliment to'lovchi tomonning ta'minot berish imkoniyati bo`1­may qolishi bilan tugaydi.

Nikohdan ajralib aliment olayotgan. shaxsning yangi nikohga o`tishi ham aliment to`lashning tugashiga asos bo'ladi. Chunki nikoh tuzish munosabati bilan u ikkinchi tomonga moddiy ta'minot berish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling