3-§. Bolalarning ta'minoti uchun aliment undirish
Amaldagi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 64-moddasiga muvofiq ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga mujburdirlar.
Amaldagi qonunda voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasiga binoan, moddiy yordamga muhtoj bo `lgan voyagaa yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo`lgan mablag'ning jami bo`lib uch oydan ortiq muddat mobaynida to'larnaslik - eng kam oylik ish haqining ellik barobarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Ota-onaning voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga nisbatan tegishli majburiyatlari Oila kodeksining 100-moddasida belgilab qo'yilgan.
Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to'lash ota-onaning majburiyatidir. To`lanadigan aliment miqdori taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olio, qat'iy summada belgilanadi va aliment oyma-oy to'lanadi.
Amaldagi qonunda voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to`lashdan bosh tortgan ota-onaning javobgarligi belgilangan.
-------------------------------191----------------
Do'stlaringiz bilan baham: |