4-§. Bolalarning oiladagi xususiy mulki
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga asosan, har bir shaxs mulkdor bo'lish huquqiga ega. Shaxsning mulkdorlik huqugi cheklamnaydi, unga mutloq huquq sifatida beriladi. Bu huquq shaxsning yoshi bilan cheklanmaydi. Ko'pchilik qatori voyaga yetmagan bolalar ham xususiy mulk egasi bo'lishlari mumkin.
Mamlakatimizda barcha fuqarolarga amaldagi gonunlar bilan man etilmagan har qanday shartnomalarni tuzish huquqi berilgan. Otaonalar ham o'z bolalari bilan shunday shartnomalar tuzishlari mum
-------------------------------------------------182-----------------------
kin. Hayotda ota-onalar bilan bolalar o'rtasida ko'pincha hadya shartnomasi tuziladi.
Bola o'ziga tegishli bo'lgan mulkdan olgan daromadiga ham mulkdor bo'lishi mumkin.
O`n olti yoshga to'lgan voyaga yetmagan bolalar mchnat shartnomasi bo`yicha ishlab yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoxud homiysining roziligida tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanib xususiy mulk orttirishlari mumkin.
Bola xususiylashtirish tufayli olgan uyga, kvartiraga (ularni qismiga) xususiy mulkdor bo`lishi mumkin. Xususiylashtirish tufayli berilgan uylar nafaqat voyaga yetgan bolalarga, shuningdek, oila a'zolari hisoblangan 14 yoshdan 18 yoshga to'Imagan voyaga yetmagan bolalarga ham o'tishi mumkin. Agar uyda faqat voyaga yetmagan bolalar yashasalar u holda vasiylik va homiylik organlari ularni bolalarning nomiga hujjatlashtirib berishga yordarn beradilar.
Voyaga yetmagan bolalarning kundalik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan shaxsiy foydalanishdagi buyumlari, kiyim-bosl:, poyabzal, ishlab chiqarish qurol va aslahalari, o'quv anjomlar va boshqalar ularning xususiy mulki hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |