O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
-§. Boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ota-onalik huquqidan mahrum gilish
6-§. Boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning
ota-onalik huquqini amalga oshirishi Oila kodeksining 76-moddasida boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirish asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko'rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta'lim olish masalasini hat etishda qatnashish huquqiga ega. Bunda bola bilan yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si biIan ko'rishishga, agar bunday ko`rishish bolaning jismoniy va ruhiy holatiga, axlogiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak. Ota (ona) tornonidan ko'rishishni baholash mezoni albatta har xil bo'lishi mumkin. Biroq har ganday holatda ham bolaning huquq va manfaatlari ishonchli himoya gilinishi lozim. Alohida yashayotgan bolaning ko'rishishi bolaga jiddiy ta'sir etib, shundan song asabiyl, jizzaki, qo'pol bo`lish hollari ham kam emas. Shu asosda ruhiy kasallik rivojlanish hollari bo'lishi mumkin. Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquglarini amalga oshirish tartibi to`g`risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haglidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hat gilinadi. Bolaning ota-onaning bittasi bilan alohida yashashi sud majlisidan xoli, o'qituvchisi, sinf rahbari ishtirokida bolaga savol berish orqali aniglanadi. Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, 10 yoshdan oshgan bolani xohishini olmasdan sudning chigargan hat qiluv qarorini bajarish murakkab. Masalan, A.Petrova N.Sidorovga da'vo bilan murojaat etib, nikohdan ajrashgandan song 10 va 11 yoshdagi bolalarini o'ziga olib berilishini so'raydi. Da'vo qanoatlantiriladi. Biroq bu hat qiluv qarori -------------------------------------------------175------------------------------------------- ni bajarish imkoni bo'lmadi, chunki bolalar otasidan ketishni xohlamadilar'. Shuning uchun bolalar otasida qoldirildi. 7-§. Ota-onalik huquqidan mahrum gilish Oila kodeksining 79-moddasiga binoan, ota-ona o`zlarining otaonalik majburiyatlarini bajarmasalar u holda ular ota-onalik huquqidan mahrum etiladilar. Ota-onalik huquqidan mahrum etish so'nggi chora bo'lib hisoblanadi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish ularga ta'sir qiladigan hamma chora-tadbirlar tegishli natija bermaganidan song qo'llaniladi. Oila kodeksining 79-moddasida sanab o'tilgan otaonalik huquqidan mahrum gilish asoslari qonunchilikda yanada kengaydi. Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda: ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan, aliment to'lashdan bo'yin tovlasa, uzrsiz sabablarga ko`ra o'z bolasini tug'ruqxona yoki boshqa davolash muassasasi va shunga o'xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa, ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo'lsa, jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta'sir ko'rsatsa, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo`lgan bo'lsa, o'z bolalarining hayoti va sog'lig'iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog`lig`iga qarshi gasddan jinoyat sodir qilgan bo'lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Amaldagi Oila kodeksining 80-moddasi ota-onalik huquqidan mahrum qilish tartibini belgilaydi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi. Respublika sudlari tomonidan 2000-yilda 330 to fuqarolik ishlari ko'rilgan bo'lib, shulardan 310 taxi bo'yicha hal qiluv qarori qabul gilingan, 20 tasi bo'yicha sud ajrimlari bilan ishlar harakatdan tugatilgan, ko`rilgan ishlarning 97,2 foizida prokuror, 95,7 foizida vasiylik va homiylik organi ishtirok etgan2. ---------------------------------------------------176----------------------------------------
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishda bolaning ta'minoti uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onadan (ularning biridan) aliment undirish masalasini hal qiladi. O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi umumlashtirish jarayonida qonun talabiga Ad ravishda ota-onalik huquqidan mahrum gilingan shaxslardan aliment undirish masalasi hal etilmay golishi, voyaga yetmagan bolalarning huquglarini hirnoya gilmaslik hollari ham aniglandi. Jumladan, Toshkent shahar M.Ulug'bek tuman sudi tomonidan tuman prokurori da'vosi bilan javobgar A. Shkilevichning bir nafar farzandiga otalik huquqidan mahrum qilish haqida 2000 yilda hal qiluv qarori qabul qilinganda, javobgardan aliment undirish masalasi hal etilmagan. Shuningdek, Toshkent viloyati Ohangaron shahar sudi tomonidan 2000-yil 8-noyabrda shahar prokurorining javobgar L.Brandelesga nisbatan onalik huquqidan mahrum qilish hagidagi da'vo arizasi qanoatlantirilgan, ammo javobgardan aliment undirish masalasi hal etilmagan. Shu kabi javobgarlardan bolalar ta'minoti uchun aliment undirmaslik holatini Surxondaryo viloyati Termiz tuman sudi tomonidan 2000-yil 30-dekabrda ko'rilgan Termiz tuman prokurori javobgar I. Gaybullaevaga nisbatan onalik huquqidan mahrum gilish hagidagi fuqarolik ishida ham ko'rish mumkin'. -----------------------------------177----------------------
-------------------------------------178---------------------------------------- Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling