O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning


Download 0.85 Mb.
bet75/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

6-§. Boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning
ota-onalik huquqini amalga oshirishi
Oila kodeksining 76-moddasida boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirish asosiy tamoyillari mus­tahkamlangan. Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko'­rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta'lim olish masalasini hat etishda qatnashish huquqiga ega.

Bunda bola bilan yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bi­Ian ko'rishishga, agar bunday ko`rishish bolaning jismoniy va ruhiy holatiga, axlogiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi ke­rak.

Ota (ona) tornonidan ko'rishishni baholash mezoni albatta har xil bo'lishi mumkin. Biroq har ganday holatda ham bolaning huquq va manfaatlari ishonchli himoya gilinishi lozim. Alohida yashayotgan bolaning ko'rishishi bolaga jiddiy ta'sir etib, shundan song asabiyl, jizzaki, qo'pol bo`lish hollari ham kam emas. Shu asosda ruhiy kasal­lik rivojlanish hollari bo'lishi mumkin.



Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquglarini amalga oshirish tartibi to`g`risida yozma ravishda keli­shuv tuzishga haglidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va ho­miylik organi ishtirokida hat gilinadi.

Bolaning ota-onaning bittasi bilan alohida yashashi sud majlisi­dan xoli, o'qituvchisi, sinf rahbari ishtirokida bolaga savol berish or­qali aniglanadi.

Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, 10 yoshdan oshgan bolani xohi­shini olmasdan sudning chigargan hat qiluv qarorini bajarish murak­kab. Masalan, A.Petrova N.Sidorovga da'vo bilan murojaat etib, ni­kohdan ajrashgandan song 10 va 11 yoshdagi bolalarini o'ziga olib berilishini so'raydi. Da'vo qanoatlantiriladi. Biroq bu hat qiluv qarori­

-------------------------------------------------175-------------------------------------------



ni bajarish imkoni bo'lmadi, chunki bolalar otasidan ketishni xoh­lamadilar'. Shuning uchun bolalar otasida qoldirildi.
7-§. Ota-onalik huquqidan mahrum gilish
Oila kodeksining 79-moddasiga binoan, ota-ona o`zlarining ota­onalik majburiyatlarini bajarmasalar u holda ular ota-onalik huquqi­dan mahrum etiladilar. Ota-onalik huquqidan mahrum etish so'nggi chora bo'lib hisoblanadi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish ularga ta'sir qiladigan hamma chora-tadbirlar tegishli natija bermaganidan song qo'llaniladi. Oila kodeksining 79-moddasida sanab o'tilgan ota­onalik huquqidan mahrum gilish asoslari qonunchilikda yanada ken­gaydi.

Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda: ota-onalik majbu­riyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan, aliment to'lashdan bo'yin tovlasa, uzrsiz sabablarga ko`ra o'z bolasini tug'ruqxona yoki boshqa davolash muassasasi va shunga o'xshash boshqa muassasalar­dan olishdan bosh tortsa, ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bola­larga nisbatan shafqatsiz muomalada bo'lsa, jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta'sir ko'rsatsa, muttasil ichkilikbozlik yoki giyoh­vandlikka mubtalo bo`lgan bo'lsa, o'z bolalarining hayoti va sog'li­g'iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog`lig`iga qarshi gasddan ji­noyat sodir qilgan bo'lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Amaldagi Oila kodeksining 80-moddasi ota-onalik huquqidan mahrum qilish tartibini belgilaydi.

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshi­riladi.

Respublika sudlari tomonidan 2000-yilda 330 to fuqarolik ishlari ko'rilgan bo'lib, shulardan 310 taxi bo'yicha hal qiluv qarori qabul gilingan, 20 tasi bo'yicha sud ajrimlari bilan ishlar harakatdan tuga­tilgan, ko`rilgan ishlarning 97,2 foizida prokuror, 95,7 foizida vasiylik va homiylik organi ishtirok etgan2.

---------------------------------------------------176----------------------------------------

Ota-onalik huquqidan rnahrum gilish to'g'risidagi ishlar ota (ona)ning (ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning) prokurorning, shu­ningdek, voyaga yetmagan bolalarning huquglarini himoya gilish maj­buriyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiya­lar, yetim bolalar va ota-ona garamog`idan mahrum bo'lgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarining) da'vosiga binoan ko'riladi.

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishda bolaning ta'minoti uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onadan (ularning biridan) aliment undirish masalasini hal qiladi.



O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi umumlashtirish ja­rayonida qonun talabiga Ad ravishda ota-onalik huquqidan mahrum gilingan shaxslardan aliment undirish masalasi hal etilmay golishi, voyaga yetmagan bolalarning huquglarini hirnoya gilmaslik hollari ham aniglandi.

Jumladan, Toshkent shahar M.Ulug'bek tuman sudi tomonidan tuman prokurori da'vosi bilan javobgar A. Shkilevichning bir nafar farzandiga otalik huquqidan mahrum qilish haqida 2000 yilda hal qi­luv qarori qabul qilinganda, javobgardan aliment undirish masalasi hal etilmagan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Ohangaron shahar sudi tomoni­dan 2000-yil 8-noyabrda shahar prokurorining javobgar L.Brande­lesga nisbatan onalik huquqidan mahrum qilish hagidagi da'vo arizasi qanoatlantirilgan, ammo javobgardan aliment undirish masalasi hal etilmagan.

Shu kabi javobgarlardan bolalar ta'minoti uchun aliment undir­maslik holatini Surxondaryo viloyati Termiz tuman sudi tomonidan 2000-yil 30-dekabrda ko'rilgan Termiz tuman prokurori javobgar I. Gaybullaevaga nisbatan onalik huquqidan mahrum gilish hagidagi fuqarolik ishida ham ko'rish mumkin'.

-----------------------------------177----------------------


Agar sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ishlarni ko`rishda ota-ona (ulardan biri)ning harakatida jinoyat alomatlari mavjudligini aniglasa, bu haqda prokurorga xabar berishi lozim.

Agar sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ishlarni ko`rishda ota-ona (ulardan biri)ning harakatida jinoyat alomatlari mavjudligini aniglasa, bu haqda prokurorga xabar berishi lozim.

Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin uch kun ichida ushbu qarorning ko'chirmasini bolaning tug'ilganligi davlat tomonidan ro`y­xatga olingan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart.

-------------------------------------178----------------------------------------




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling