O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Ota-ona va bolalarning umumiy mulki


Download 0.85 Mb.
bet77/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

3-§. Ota-ona va bolalarning umumiy mulki
Amaldagi Oila kodeksining 92-moddasiga binoan, ota-ona va o'n tort yoshga to'lgan voyaga yetmagan bolalar o`rtasida qonunda bel­gilangan tartibda umumiy mink huquqi vujudga kelishi mumkin.

Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar umumiy mol-mulkni vujud­ga keltirish to'g'risida kelishuv tuzishlari mumkin.

Ota-ona va voyaga yetmagan bolalarning umumiy mol-mulkka egalik gilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oilada ota-ona va bolalarning birga yashaganligi turmush tarzi tufayli ular o'rtasida umumiy mink bo'lishi mumkin.

---------------------------------------------181---------------------------------------- Umumiy mulk huquqi faqat o'n toil yoshga to'lgan voyaga yet­magan bolalar bilan ota-onalari o'rtasida tuzilgan bitim yoki kelishuv asosida vujudga keladi.

Umumiy mulk bo'yicha bolalar va ota-onalar o'rtasida vujudga kelishi mumkin bo`lgan munosabatlar Fuqarolik kodeksining 216­227-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida tartibga solinadi.

Olti yoshdan o'n toil yoshgacha bo'lgan kichik yoshdagi bolalar quyidagilarni mustagil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar:

1) mayda maishiy bitimlar;

2) tckin manfaat ko'rishga qaratilgan, notarial tasdiglashni yoki davlat ro'yxatidan o`tkazishni talab gilmaydigan bitimlar;

O'n to `rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo `lgan voyaga yetma­ganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarning roziligisiz quyidagilarni mustagil ravishda amalga oshirishga hagli:

1) o'z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;

2) fan, adabiyot va san'at asarining, ixtironing yoxud o'z intel­lektual faoliyatining qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa natijasi mu­allifi huquqini amalga oshirish;



3) gonunga muvofiq, kredit muassasalariga omonatlar qo'yish va ularni tasarruf etish;

4) ota-ona bilan bolalar o'rtasidagi mol-mulk, mulkdorlardan har birining mulkiy huquqiga ko'ra, ularning ulushi aniqlanib qo'yilgan bo'lishi yoki bunday ulushlar aniglanmay qo'yilgan bo`lishi mumkin.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling