O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


XIV mavzu. OTA-ONA HAMDA BOLALARNING


Download 0.85 Mb.
bet76/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

XIV mavzu. OTA-ONA HAMDA BOLALARNING
MULKIY HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
14. Ota-ona va bolalarning mulkiy
huquq va majburiyatlari
Ilgari amalda bo'lgan O`zbekiston SSRning Nikoh va oila ko­deksida (1969-yil 1-oktabr) bolalarning mulkiy huquglari to`g`risida tegishli normalar yo'q edi. Bolalarning mulkka bo'lgan huquglarini himoya qilishda ayrim murakkab qiyinchiliklar vujudga kelardi. Faqat yangi Oila kodeksini qabul qilinishi bilan bu muammo oila qonun­chiligida o`zining ijobiy yechimini topdi.

Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari amaldagi Oila kodeksining 13-bobi, 90-95-moddalari bilan tartibga solinadi. Bu qoidalar oila qonunchiligida yangilik bo`lib hisoblanadi.

Oila kodeksining 90-moddasiga binoan ota-ona hayotligida bola­lar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo'lish huquqiga ega emas.



Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarining mol-mulkiga nisba­tan mulkdor bo'lish huquqiga ega emas.

Ota-ona va bolalarning ular o'rtasidagi umumiy mol-mulkka bo'lgan mulk huquqi O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 18-bobi 216-227-moddalari bilan tartibga solinadi.

Avvalgi kodeksda umumiy ikki xil: hissalarga bo'linadigan (his­salik mulk) yoki hissalarga bo`linmaydigan (birgalikdagi mulk) deb ajratilgan edi (128-moddasining 2-qismi). Yangi kodeksda bunday aj­ratish saglab golindi. Lekin <> - «ulush» degan atama bilan al­mashtirildi.

Umumiy mulk tushunchasi faqat atamani o'zgartirish bilan chek­lanmadi, mulk egalarining tarkibiy gismi, uning vujudga kelish asosla­ri, unga nisbatan egalik gilish, undan foydalanish, uni tasarruf gilish huquglarini belgilashga qaratilgan yangi qoidalar bilan to'ldirildi.

Voyaga yetmagan bolalar o'z ota-onasidan va boshqa shaxslar­dan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta'minot olish hu­quqiga ega. Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun olingan mab­lag`, pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bo'lib, bola­ning ta'minoti, tarbiyasi va ta'lim olishi uchun sarflanishi kerak.

---------------------------------------179---------------------------

Voyaga yetmagan bolalarningg mol-mulkini tasarruf etishga doir vakolatlar amalga oshirilayotganda fuqarolik qonun hujjatlarida belgi­langan qoidalar go`llaniladi.

Voyaga yetmagan bolalar o'z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etishi, fan, adabiyot, san'at bobidagi asarlari, ixtirolari yoxud o`z intellektual faoliyati samaralarini, shuningdek, go­nun bilan go`riglanadigan boshqa mualliflik huquqini amalga oshi­rishi, qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar go'yishi va ularni tasarruf etishi hamda qonunda belgilangan (FKning 29-moddasi 2-qismi) mayda maishiy biti malarni tuzishni mustaqil amalga oshi­rishlari mumkin '.
2-§. Ota-ona va bolalarning alohida mol-mulki
Oila kodeksining 91-moddasiga binoan, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo'lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin.

Bolalar mulkdorlik huquqiga ega. Bu holat bolaga bo`lgan e'ti­bor uning huquqining mustagil subyekti ekanligini anglatadi.

Voyaga yetmagan bolalarning mulkka bo`lgan huquglari yig'ma xarakterga ega bo'lgan huquglar bo`lib, ularning har biriga Oila ko­deksida alohida e'tibor beriladi. Bularning ichida birinchi navbatda har bir voyaga yetmagan bolalar o'z ota-onasidan va boshqa shaxslar­dan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta'minot olish hu­quqiga ega ekanligi yotadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 64-moddasiga binoan, ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlari­ga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Bunday huquglarning berilishi bolalarning muhim hayotiy eh­tiyoji (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy va boshqalar) birinchi nav­batda ot-onalari, oilasi yoki uning o`rnini bosuvchi oila a'zolari tomo­nidan bajariladi.

Oilada bolalarga ta'minot berishning bir qancha manbalari mav­jud. Ularga voyaga yetmagan bolalarning normal hayotiy ehtiyojini qondirish uchun ota-onasini, farzandlikka oluvchilarga ish hagini

---------------------------------------180-----------------------------

ma'lum gismini qaratishi, ularga tegishli bo`lgan alimentlar, agar ota­onalar (ulardan biri) uning moddiy ta'minotidan xabar olmasa, qonun yo`li bilan bolalarga tegishli bo`lgan pensiyalar, har xil nafaqalar undiriladi.

Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun olingan mablag', pen­siya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bo'lib, bolaning ta'mi­noti, tarbiyasi va ta'lim olishi uchun sarflanishi kerak.



Quyidagi asoslar bolalarning mol-mulkka huquglal-ini kelib chi­qishiga asos bo'lishi mumkin: mayda maishiy bitimlar tuzish, kichik tadbirkorlik yuritish; hadya shartnomasi tuzish; ish haqidan; stipendi­yasidan; fan, san'at va adabiyot bo'yicha qo'lga kiritilgan yutuglari va ixtiro yaratgan bo'lsa, undan foydalanishdan tushgan daromaddan; merosdan; banklarga go`yilgan omonatlardan mol-mulk orttirish mumkin.

Voyaga yetmagan bolalar o'zlariga tegishli bo'lgan mol-mulkni o`zlari tasarruf qilolmasliklari mumkin. Bunday hollarda ularga ota­onalari va boshqa qonuniy vakillari yordam beradilar. Demak, ota­onalar oilada bolalarini mulkdorlik his-tuyg`usi asosida tarbiyalashlari lozim. Mulkdor o'z mol-mulkidan foydalanayotganda boshqalarning huquglari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi, o'zining us­tunlik mavqeyini suiiste'mol qilmasligi, fuqaroning hayoti va sog`­lig`iga, atrof-tabiiy muhitga zarar yetkazmasligi kerak.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling