O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
-§. Er-xotin o`rtasidagi aliment majburiyatlari
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
1-§. Er-xotin o`rtasidagi aliment majburiyatlari
Er-xotinning aliment huquq va majburiyatlari, ya'ni bir-birlariga moddiy ta'minot berish majburiyatlari mulkiy huquq va majburiyatlar turlaridan biri hisoblanadi. Bu masala bo`yicha jinsiy holat hech ganday imtiyoz belgilamaydi. Er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning aliment majburiyatlari Oila kodeksining 15-bob, 117-121 -moddalari bilan tartibga solinadi. Agar er va xotin xohlasalar, Oila kodeksining 31-moddasiga muvofiq nikoh shartnomasida o'zaro moddiy ta'minot berish bo'yicha huquq va majburiyatlar belgilashi yoki aliment to'lash to'g'risida kelishuv tuzishlari mumkin (Oila kodeksini 130-moddasi). Oila kodeksining 117-moddasida er-xotinning bir-biriga moddiy ta'minot berish majburiyatlari belgilangan. Unga muvofiq, < Er yoki xotinga beriladigan ta'minot mablag'ining miqdori sud tomonidan ta'minot to'lovchining va oluvchining moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olgan holda, har oyda to`lanadigan qat'iy summada belgilanadi. Biroq bu summa qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish hagining uchdan bir gismidan kam bo`Imasligi lozim. Er yoki xotinga aliment, agar umuman yashashi uchun mablag'i bo`lmaganda, shuningdek, mablag'i bo`lsa ham, muhtoj bo`lsa tayinlanishi mumkin. Ushbu turdagi nizolarni ko'rishda sud quyidagi holatlarni aniqlashi lozim, chunonchi: muhtoj (er (xotin)ning yashashi uchun mablag'ga ega yoki ega emasligini va bu mablag' uning asosiy ehtiyoj ----------------------------------194--------------------------------- larini gondirish uchun yetarli yoki yetarli emasligini; er (xotin)ning bolalari va boshqa boqimandalari bor yo'qligini; muhtoj er (xotin) ning voyaga yetmagan bolalaridan moddiy yordarn olish yoki olmasligini va shu kabi boshqa holatlarni aniqlaydi. Aliment to'lovchi yoki oluvchi er yoki xotinning moddiy va oilaviy ahvolidagi o'zgarish ularning hayotiga katta ta'sir etishi mumkin. Bu esa manfaatdor er yoki xotinga sudga murojaat etib, aliment miqdorini o'zgartirish yoki uni kamaytirishni talab qilish huquqini beradi. Er yoki xotinni ta'minot berish majburiyatidan ozod qilish yoxud bu majburiyatni ma'lum muddat bilan cheklash sudning hal qiluv qaroriga asosan yo'l qo'yiladi. Sud hal qiluv qarorini chiqarishda: nikohda qisqa vaqt turgan bo'lsalar; o'ziga nafaqa talab qilayotgan er yoki xotin oilada o'zini nomunosib tutgan bo'lsa; agar yordamga muhtoj er yoki xotin spirtli ichimliklar, narkotik moddalarni iste'mol qilish yoki qasddan jinoyat sodir etib, uch yildan kam bo'lmagan muddatga sud tomonidan hukm qilingan bo`lsa, bunday holatlarni nazarga olish mumkin. Er yoki xotinni ta'minot berishdan ozod etish yoki bu majburiyatni muddat bilan cheklash uchun yuqorida keltirilgan shartlardan bittasi bo `lishi lozim. Ammo bunday holatlar mavjud bo'lganda ham har bir vaziyatda sud ishning aniq holatiga qarab da'voni gondirishi yoki uni rad etishi mumkin. Masalan, nikohda bo'lish muddatining uzoq yoki qisqaligiga qarab sud tomonidan hal qilinadi. Er yoki xotinning oilada o'zini nomunosib tutganligini aniglash ham sudga tegishlidir. Ammo boshqa tomon bu sharoitni isbotlashi lozim. Shu maqsadda hujjatlar (masalan, sud yoki boshqa organlarning qarorlari, tavsiyanomalari va boshqalar) dan foydalanish mumkin. Shuningdek, er yoki xotinning nomunosib xulqini tasdiqlaydigan faktlar va boshqa isbotlar talab etiladi. Qonun nomunosib xulq-atvorni fagat nikoh davridagi hayot bilan bog'lamaydi. Nikohdan o'tgunga gadar va nikohdan keyin ham mehnatga layoqatsiz yoki muhtojlik vujudga kelishi mumkin. Er yoki xotinning moddiy ta'minot bo'yicha nafaqa olish yoki bcrish majburiyati: aliment undirish uchun zarur bo'lgan sharoitlar tugashi Wan; er yoki xotinning mehnat qobiliyati tiklanishi (agar mehnatga layogatsizlik nogironlik tufayli sodir bo'lgan bo'lsa); muhtojlik --------------------------------195------------------------------------------ tugashi (masalan, davlatdan pul yordami olish, pensiya, meros olish hamda boshqa manbalardan yashash uchun mablag' olish tufayli aliment olayotgan tomonning katta pul yutug'ini olishi) bilan, shuningdek, aliment to'lovchi tomonning ta'minot berish imkoniyati bo`1may qolishi bilan tugaydi.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling