O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Bolalarning ta'minoti uchun aliment undirish


Download 0.85 Mb.
bet81/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

3-§. Bolalarning ta'minoti uchun aliment undirish
Amaldagi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 64-mod­dasiga muvofiq ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga mujburdirlar.

Amaldagi qonunda voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash uchun jinoiy javob­garlik belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasiga binoan, moddiy yordamga muhtoj bo `lgan voyagaa yet­magan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo'­yin tovlash, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo`lgan mablag'ning jami bo`lib uch oydan ortiq muddat mobaynida to'larnaslik - eng kam oy­lik ish haqining ellik barobarigacha miqdorda jarima yoki uch yilga­cha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Ota-onaning voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga nisbatan tegishli majburiyatlari Oila kodeksining 100-moddasida belgilab qo'yilgan.

Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bola­lariga aliment to'lash ota-onaning majburiyatidir. To`lanadigan ali­ment miqdori taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olio, qat'iy summada belgilanadi va aliment oyma-oy to'lanadi.

Amaldagi qonunda voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordam­ga muhtoj bolalariga aliment to`lashdan bosh tortgan ota-onaning ja­vobgarligi belgilangan.

-------------------------------191----------------




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling