O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Aliment miqdori. To`lash usuli va tartibi


Download 0.85 Mb.
bet92/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

Aliment miqdori. To`lash usuli va tartibi

Kelishuvga muvofiq voyaga yetmagan bolalar uchun belgila­nadigan aliment migdori ular sud tartibida undirganda olishi mumkin bo`lgan aliment miqdoridan kam bo`lrnasligi kerak. Bu miqdor Oila kodeksining 99-moddasi bilan belgilab qo'yilgan va bir bola uchun ish haqi va (yoki) boshqa daromadning 1/4 qismini, ikki bola uchun 1/3 qismini va uchta hamda undan ortiq bola uchun 1/2 qismini tashkil qiladi.

Alimentlar aliment to'lashga majbur shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan hissada muntazam (har oyda, har chorak­da va shu kabi) to'lanadigan qat'iy pul miqdorida mulk berish yo`li bi­lan, shuningdek, bo`lakcha usullarda to`lanishi mumkin. Kelishuvda aliment to`lashning turli usullarini qo'llash nazarda tutilishi mumkin.

Aliment miqdorini indekslash tartibi



indekslashning eng keng tarqalgan usuli shundan iboratki, ali­ment miqdorini eng kam ish haqiga yokii chet el valyutasiga bog`liq qilib go`yishdir.

Aliment kelishuvini o`zgartirish va bekor gilish tartibi. Kelishuv, tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan, istalgan paytda o`zgartirilishi

--------------------------207--------------------------------

yoki bekor qilinishi mumkin. Bu ish ham, kelishuv tuzilgan tartibda amalga oshirilishi kerak.

Tomonlarning moddiy yoki oilaviy ahvoli jiddiy ravishda o'zgar­gan hamda aliment kelishuvini o`zgartirish yoki bekor gilish to'g'risi­da kelishuvga erishilmagan holatlarda manfaatdor tomon ushbu ke­lishuvni o`zgartirish yoki bekor qilish to`g`risidagi da'vo bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Aliment kelishuvidagi tomonlardan biri, odatda, mehnatga layo­qatsiz, muhtoj shaxs bo`lib, uning manfaatlarini qattiq himoya qilish talab etiladi. Shu munosabat bilan Oila kodeksi aliment to'lash to'g'­risidagi kelishuvni, uni o`zgartirishning Fuqarolik kodeksining 383­moddasida belgilangan umumiy tartibiga qaraganda ancha ixcham tar­tib bo'lgan sud nazorati ostida o'zgartirishni nazarda tutadi.


2-§. Alimentni ixtiyoriy to'lash
Oila kodeksining 135-moddasiga binoan, aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o'z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag' olayotgan joyida to`lanadi.

Voyaga yetmagan bolalar uchun olinadigan aliment arizaga mu­vofiq Oila kodeksining 99-moddasida belgilangan migdorlarda ushlab qolinadi.

Alimentning ixtiyoriy ravishda to'lab turilishi aliment undiruv­chini aliment undirish haqidagi da'vo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi'.



Amaldagi oila gonunchiligida aliment bo'yicha nizo bo'lmagan hollarda, uni Ixtiyoriy ravishda to'lashning umumiy tartiblari bel­gilangan.

Qonunga asosan ixtiyoriy tartibda mablag', bolalar bilan bir gatorda, qonun bilan belgilangan hollarda er-xotindan biriga, ota-ona­larga, aka-uka, opa-singil va boshqa qarindoshlarga ham berilishi mumkin. Qonun voyaga yetmagan bolalaming manfaatlarini alohida himoya qiladi.

----------------------------208-------------------------------------



Aliment to`lovchining arizasiga muvofiq ish joyidagi yoxud u pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joydagi ma'muriyat orqali to'la­nishi mumkin.

Ixtiyoriy tartibda to`lanayotgan aliment nafaqat bolalarga, er­xotinlarga shuningdek, qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari bo'lib hisoblanadi.

Alimentning ixtiyoriy ravishda to'lab turilishi aliment undiruv­chini xohlagan vaqtda aliment undirish haqida ariza bilan sudga muro­jaat gilish huquqidan mahrum etmaydi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling