O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


XVIII mavzu. ALIMENTLARNI TO'LASH


Download 0.85 Mb.
bet91/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

XVIII mavzu. ALIMENTLARNI TO'LASH
VA UNDIRISH TARTIBI
1-§. Alimentni to`lash to'g'risida kelishuv tuzish
Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv Oila kodeksining 130-134­moddalari bilan tartibga solinadi. Bu qoidalar oila qonunchiligi tajribasida birinchi bo`lib yangilik hisoblanadi.

Avvalgi Nikoh va oila kodeksiga binoan, aliment to'lash bo'yi­cha ota-onalar hamda bolalarning garindoshlari hamda boshqa shaxs­laming huquq va rnajburiyatlari qonun bilan belgilangan.

Oila kodeksining 130-moddasiga muvofiq, aliment to'lash to'g'­risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to`lash tartibi) aliment to'lashi chart bo'lgan shaxs bilan aliment oluvchi o`rtasida tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo`lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi.

14 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar hamda sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar nomidan kelishuv ular­ning qonuniy vakillari (voyaga yetmaganlarning ota-onalari, vasiylari, homiylari) tomonidan tuziladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqati sud tartibida chek­langan shaxslar o`z qonuniy vakillarining roziligi bilan aliment to'lash to'g'risida kelishuv tuzadilar.

Kelishuvni yozma ravishda tuzish va uni notarial tarzda tasdiq­lash sharti belgilangan. Notarial tartibda tasdiglanmagan aliment to'­lash to'g'risidagi kelishuv haqiqiy hisoblanmaydi.

Notarial tasdiglangan kelishuv o'z ijro kuchiga ko`ra ijro vara­gasiga tenglashtiriladi. Bu aliment ushlab golish uchun boshqa huj­jatlarni ko`rsatish talab qilinmasligini bildiradi. Notarial tasdiglangan kelishuvni jo'natish, hisobga olish va saqlashga nisbatan ijro varaqala­rini jo'natish, hisobga olish va saglash goidalari qo'llaniladi.

Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvni tuzish, ijro etish, bekor qilish va hagigiy emas deb topish fuqarolik kodeksi bilan tartibga soli­nadi.

----------------------------------205----------------------



Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvlar Fuqarolik kodeksining 150-moddasida belgilangan da'vo go`zg`atish muddati doirasida e'ti­borsiz goldirilishi ham, rad etilishi ham mumkin.

Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvning tomonlarning o`zaro kelishuvlariga binoan o'zgartirilishi yoki bekor gilinishi yozma ra­vishda amalga oshirilib, notarial tasdiglanishi zarur.



Oila kodeksining 16-bobiga binoan aliment kelishuvlarini quyi­dagilar tuzishi mumkin:

A) ota-onalar o`zlarining voyaga yetmagan bolalarini ta'minlash to'g'risida. Agar aliment 14 yoshga to'lmagan bolalarga beriladigan bo`lsa, u holda kelishuv aliment to`lovchi ota yoki ona bilan, ona yoki ota qatnashishi mumkin. 14 yoshga to'lgan bolalar o'z otasi yoki ona­si, vasiysi yoki farzandlikka oluvchisining roziligi bilan kelishuv tu­zadilar;



B) ota-onalar yordamga muhtoj, mehnatga layogatsiz voyaga yetgan farzandlarini ta'minlash to'g'risida. Ota-onalar bunday keli­shuvni o'zlarining mehnatga yaroqli, voyaga yetgan farzandlari bilan ham tuzishlari mumkin;

V) mehnatga layoqatli farzandlar o'zlarining mehnatga layo­qatsiz, yordamga muhtoj ota-onalarini ta'minlash to'g'risida. Bunday holatda kelishuv voyaga yetgan har bir farzand bilan ota va onaning har biri o`rtasida, tomonlardan biri muomalaga layogatsiz bo`lgan hol­larda esa uning qonuniy vakili o'rtasida tuziladi. Bunday bitimni ota­onalar mehnatga layoyatsizligi va muhtojligidan gat'iy nazar tuzish mumkin;



G) er-xotindan biri mehnatga layoqatsiz, muhtoj bo'lgan hot­larda, masalan, xotini homiladorligi davrida hamda umumiy farzand tug`ilganidan keyin uch yil davomida yoki er yoxud xotin nogiron umumiy farzandni parvarish qilayotganida u sakkiz yoshga to`lguni­cha yo bo'Imasa 1-guruh nogironi bo'lgan umumiy farzandni parva­rish qilayotganida er-xotinlar aliment kelishuvi tuzishi mumkin. Bi­timda, aliment oluvchi er yoki xotin mehnatga layoqatsizligidan yoki muhtojligidan qat'iy nazar, bunday kelishuvni tuzishlari mumkin;

E) shunday bitim tuzishlari mumkin bo`lgan aka-ukalar va opa­singillar;

----------------------------------206-------------------------



J) bobolar va buvilar. Ular nabiralari bilan o'zlarini ta'minlash to`g`risida kelishuv tuzishlari mumkin;

Z) bobolari va buvilarini ta'minlash to'g'risida kelishuv tuzish huquqiga ega nabiralar;

I) voyaga yctgan amaldagi tarbiyalanuvchilar ular o`zlarining sobiq amaldagi tarbiyachilarini ta'minlash to`g`risida kelishuv tuzish huqugiga egadirlar;

K) voyaga yetgan asrandi o'g'illar va gizlar. Ular o'gay otalari va o'gay onalarini ta'minlash to`g`risida kelishuv tuzishlari mumkin.

L) o'gay ota va o'gay onaning o'gay o`g`il va o'gay gizlariga, shuningdek, o'gay o'g'il va o'gay gizlarning o'gay ota va o'gay onaga ta' minot to `lash to `g `risida kelishuv tuzishlari mumkin.

Oila kodeksining 145-moddasida xorijiy davlatga doimiy istiqo­mat gilish uchun jo'nab ketayotgan shaxs bilan aliment to'lash to'g'­risida kelishuv tuzish mumkinligi nazarda tutilgan. Bu kelishuvda to­monlar aliment olish huquqiga ega bo`Igan shaxslarni ta'minlashning har qanaqa usulini ko'zda tutishga haqlidirlar.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling