O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Doimiy tarbiyada bo`lganlarning o`z tarbiyachilariga aliment berish majburiyati


Download 0.85 Mb.
bet88/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

4-§. Doimiy tarbiyada bo`lganlarning o`z
tarbiyachilariga aliment berish majburiyati

Oila kodeksining 126-moddasiga binoan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layogatli bolalari bo'lmagan yoxud ulardan ta'minot uchun mablag` ololmaydigan, amalda ularni tarbiyalaganlarga ta'­minot berish majburiyati ularning doimiy tarbiyasi va ta'minotida bo`lgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday majburiyat vasiylikda (homiylikda) turgan shaxslar zimmasiga yuklatilmaydi.

Doimiy tarbiyalovchi bu vasiy (homiy) yoki shartnoma asosida bolalarni ' tarbiyaga olmagan (patronat) bo'lmasdan, balki begona vo­yaga yetmagan bolalarni o'z tarbiyasiga va ta'minotiga olgan shaxs­lardir. Ular bolaning garindoshlari, shuningdek, boshqa begona shaxs­lar bo`lishi mumkin. Oila kodeksining (1l6-moddasi) mehnatga layo­qatsiz, yordamga muhtoj eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layogatli bolalari bo'lmagan yoxud ulardan ta'minot uchun mablag' ololmaydigan, amalda ularni tarbiyalagan­larga ta'minot berish majburiyati ularning doimiy tarbiyasi va ta'­

------------------------------------201-----------------------------------------



minotida bo`Igan shaxslar zimmasiga yuklatilishi murnkin. Bunday majburiyat vasiylikda (homiylikda) turgan shaxslar zimmasiga yukla­tilmaydi. Mehnatga layoqatli doimiy tarbiyada bo`lganlardau doimiy tarbiyaga olganlarga undiriladigan aliment tartibi va uni hajmi taraf­laming yozma kelishuvi bilan belgilanadi (Oily kodeksining 130­moddasi).

Doimiy tarbiyada bo`lganlarning o'z tarbiyachilariga ta'minot berish to'g'risida kelishuv bo'lmasa voyaga yetgan doimiy tarbiyada bo`lganlardan sud tartibida undiriladi. Doimiy tarbiyada bo`lganlar­ning oz tarbiyachilariga ta'minot berish majburiyati uchun aliment undirish uchun asos bo`lib, qarindoshlik yoki gayin-bo`_vinchilik bo`I­masdan, yuridik fakt hisoblanib, bola farzandlikka olinmasdan vasiy­lik (homiylik) rasmiylashtirilmasdan, bolani onaga tarbiyaga olish (patronat) bo`Imasdan balki bolani tarbiyalash va ta'minlashga olishdir.

Sud tarbiyada bo`lganlarni, agar ular tarbiyachilarning tarbiyasi va ta'minotida besh yildan kam turgan bo`lsa qonunda ko'rsatilgan majburiyatdan ozod qilishga haqli.



Tarbiyalanuvchini aliment to`lashdan ozod gilish sudning maj­buriyati bo`Imasdan balki huquqidir. Shuning uchun sud ishni ko'­rishda hammy holatlarni hisobga olib uni hal qiladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling