O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


XIII mavzu. OTA-ONANING SHAXSIY NOMULKIY


Download 0.85 Mb.
bet71/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

XIII mavzu. OTA-ONANING SHAXSIY NOMULKIY
HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
1-§. Ota-ona huquq va majburiyatlarining tengligi
Oila kodeksining 71-moddasi ota-onaning o'z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga ega ekanligini belgilaydi (ota-onalik huquglari).

Ota-onalik huquglari bolalarning kelib chiqishlariga asoslanib, tegishli qonun bilan belgilangan tartibda bola tug'ilganligi FHDYO organida yozilishiga asoslanadi.



Agar ota-onalar bolalari bilan birga yashasalar u holda qoida aso­sida ota-onalik huquglarini amalga oshirish masalalari er-xotinning ik­kalasi bilan hal qilinadi (masalan, bolani o'qish joyini tanlash va bosh­qalar).

Har bir ota-ona bevosita bolalariga ism berish, tarbiyalash, unga ta'lim-tarbiya berish, shuningdek, ularning shaxsiy hamda mulkiy hu­quglarini himoya qilishda teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.
2-§. Voyaga yetmagan ota-onaning huquqlari
Oila kodeksi birinchi marotaba ota-onalik huquglarini voyaga yetmagan ota-onalarga berilishini belgilaydi. Unda boshqa yangiliklar to`g`risida so'z yuritilib, ota-onalarning huquqiy magomini yugori ko'tarib ularning o`z bolalariga nisbatan huquq va majburiyatlarini anigladi.

Voyaga yetmagan ota-ona o'z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida ishtirok etish huquqiga ega.



O`zaro nikohda bo`lmagan voyaga yetmagan ota-ona ulardan bola tug`ilganda hamda ularning onaligi va (yoki) otaligi belgilan­ganda o'n olti yoshga to'lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga haglidirlar. Voyaga yetmagan ota-ona bi­Ian birgalikda tarbiyalash uchun bolaga vasiy tayinlanishi mumkin. Bolaning vasiysi bilan voyaga yetmagan ota-ona o'rtasida kelib chi­qadigan kelishmovchiliklar vasiylik va homiylik organi tomonidan hal

etiladi.


-----------------------------------------------------171-----------------------------------

Voyaga yetmagan ota-ona o'z otaligi va onaligini umumiy asos­larda e'tirof etish yoki unga e'tiroz bildirish huquqiga ega.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling