O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
XIV mavzu. OTA-ONA HAMDA BOLALARNING
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ota-ona va bolalarning alohida mol-mulki
XIV mavzu. OTA-ONA HAMDA BOLALARNING
MULKIY HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 14. Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari Ilgari amalda bo'lgan O`zbekiston SSRning Nikoh va oila kodeksida (1969-yil 1-oktabr) bolalarning mulkiy huquglari to`g`risida tegishli normalar yo'q edi. Bolalarning mulkka bo'lgan huquglarini himoya qilishda ayrim murakkab qiyinchiliklar vujudga kelardi. Faqat yangi Oila kodeksini qabul qilinishi bilan bu muammo oila qonunchiligida o`zining ijobiy yechimini topdi. Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari amaldagi Oila kodeksining 13-bobi, 90-95-moddalari bilan tartibga solinadi. Bu qoidalar oila qonunchiligida yangilik bo`lib hisoblanadi. Oila kodeksining 90-moddasiga binoan ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo'lish huquqiga ega emas. Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarining mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo'lish huquqiga ega emas. Ota-ona va bolalarning ular o'rtasidagi umumiy mol-mulkka bo'lgan mulk huquqi O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 18-bobi 216-227-moddalari bilan tartibga solinadi. Avvalgi kodeksda umumiy ikki xil: hissalarga bo'linadigan (hissalik mulk) yoki hissalarga bo`linmaydigan (birgalikdagi mulk) deb ajratilgan edi (128-moddasining 2-qismi). Yangi kodeksda bunday ajratish saglab golindi. Lekin < Umumiy mulk tushunchasi faqat atamani o'zgartirish bilan cheklanmadi, mulk egalarining tarkibiy gismi, uning vujudga kelish asoslari, unga nisbatan egalik gilish, undan foydalanish, uni tasarruf gilish huquglarini belgilashga qaratilgan yangi qoidalar bilan to'ldirildi. Voyaga yetmagan bolalar o'z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta'minot olish huquqiga ega. Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun olingan mablag`, pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bo'lib, bolaning ta'minoti, tarbiyasi va ta'lim olishi uchun sarflanishi kerak. ---------------------------------------179---------------------------
Bolalar mulkdorlik huquqiga ega. Bu holat bolaga bo`lgan e'tibor uning huquqining mustagil subyekti ekanligini anglatadi. Voyaga yetmagan bolalarning mulkka bo`lgan huquglari yig'ma xarakterga ega bo'lgan huquglar bo`lib, ularning har biriga Oila kodeksida alohida e'tibor beriladi. Bularning ichida birinchi navbatda har bir voyaga yetmagan bolalar o'z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta'minot olish huquqiga ega ekanligi yotadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 64-moddasiga binoan, ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Oilada bolalarga ta'minot berishning bir qancha manbalari mavjud. Ularga voyaga yetmagan bolalarning normal hayotiy ehtiyojini qondirish uchun ota-onasini, farzandlikka oluvchilarga ish hagini ---------------------------------------180-----------------------------
Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun olingan mablag', pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bo'lib, bolaning ta'minoti, tarbiyasi va ta'lim olishi uchun sarflanishi kerak. Quyidagi asoslar bolalarning mol-mulkka huquglal-ini kelib chiqishiga asos bo'lishi mumkin: mayda maishiy bitimlar tuzish, kichik tadbirkorlik yuritish; hadya shartnomasi tuzish; ish haqidan; stipendiyasidan; fan, san'at va adabiyot bo'yicha qo'lga kiritilgan yutuglari va ixtiro yaratgan bo'lsa, undan foydalanishdan tushgan daromaddan; merosdan; banklarga go`yilgan omonatlardan mol-mulk orttirish mumkin. Voyaga yetmagan bolalar o'zlariga tegishli bo'lgan mol-mulkni o`zlari tasarruf qilolmasliklari mumkin. Bunday hollarda ularga otaonalari va boshqa qonuniy vakillari yordam beradilar. Demak, otaonalar oilada bolalarini mulkdorlik his-tuyg`usi asosida tarbiyalashlari lozim. Mulkdor o'z mol-mulkidan foydalanayotganda boshqalarning huquglari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi, o'zining ustunlik mavqeyini suiiste'mol qilmasligi, fuqaroning hayoti va sog`lig`iga, atrof-tabiiy muhitga zarar yetkazmasligi kerak. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling