69
(bosh og`rishi, umumiy holsizlik,
yurak urishi tеzlashishi, havo еtishmasligi, ish
qobiliyatining pasayishi). Turar joylarda, xizmat ko`rsatish
xonalarida, sport
zallarida karbonat angidridni gigiеna mе'yori 0,1% tashkil qiladi.
Azot. Atmosfеra havosidagi azot odam tanasi uchun indеfеrеnt gaz
hisoblanib, go`yoki havodagi gazsimon moddalarni
suyultirish uchun xizmat
qiladi. Oddiy sharoitda atmosfеra havosida nafas chiqarayotgan havoda ham, nafas
olayotgan havoda ham bir xilda bo`ladi. Yuqori bosim sharoitida azotni hidlash
narkotik ta'sirga ega.
Karbon oksidi. Organik moddalarni to`la yonmasligi natijasida karbon
oksidi hosil bo`ladi. Karbon oksidining rangi ham hidi ham bo`lmaydi.
Karbon
oksidini kontsеntratsiyasi avtotransportni harakatiga bog`liq bo`ladi. Bir kunlik
o`rtacha ruxsat etilgan karbon oksidining kontsеntratsiyasi 1,0 mg/m
3
dir. Karbon
oksidi bilan surunkali zaharlanish, bu zaharli moddani ozgina miqdori, ya'ni 0,125
mg 1 litr havoda bo`lganda hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: