O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)


Download 1.46 Mb.
bet140/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II. I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
4- kurs 8- semestr
1-mavzu. Simli aloqa asoslari.
Simli aloqa to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Simli aloqani o‘rni va ahamiyati haqidagi ma’lumotlar. Harbiy dala aloqa kabellari turlari. Aloqa zanjirlari bo‘ylab elektr signali uzatilishidagi tarqalish tezligi. Uzoq masofali va yengil dala aloqa kabellari taktik-texnik tavsifi va elektrik ko‘rsatkichlari, yoyish (yig‘ish), ta`mirlash, montaj qilish, saqlash va aloqani tashkil qilish tartib qoidalar. Aloqa uzeli ichki bog‘lama aloqa kabel liniyalari va anjomlari haqida umumiy tushunchalar. Aloqa uzeli ichki bog‘lama aloqa kabellari turlari, tarqatish muftasi va bir turdagi kabeldan boshqa turdagi kabellarga o‘tkazish anjomlari konstruktiv tuzilishi, taktik-texnik tavsiflari, elektrik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar.
2-mavzu. Optik aloqa tizimlari.
Tolali optik aloqa tizimlarining tuzilishi, ish prinsipi haqida umumiy ma’lumotlar. Optik aloqa, Optik to‘lqin va signallar yordamida axborotlarni uzatish. modulyatsiyalangan elektromagnit tebranishlar, radiodiapazon, o‘ta yuqori chastota, millimetrli va optik diapazon tizimlari. Optik aloqa tizimlarida to‘lqinlarni tarqalish xarakteristikasi. O‘tkazish oralig‘ining kengligi. Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi. Shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi. Yengilligi, xajmi va o‘lchamlarining kichikligi. Aloqaning maxfiyligi. Yong‘indan himoyalanganligi. Iqtisodiy jihatdan samaradorligi, foydalanish muddatining uzoqligi. Masofaviy elektr ta’minotga ega ekanligi.
3-mavzu. To‘lqin zichlashtirishli tolali optik aloqa tizimlari.
Optik aloqa tizimlarining aktiv elementlari. Nurlanish manbalari. Optik nurlanish manbalariga qo‘yiladigan talablar. Yarim o‘tkazgichli optik nurlanish manbalarining ish prinsipi. Yorug‘lik diodlari. Yorug‘lik diodlarining turlari, xarakteristika va parametrlari. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish texnologiyasining asosiy prinsiplari. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish tizimining tuzilish sxemasi. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirishli (TUBZ) texnologiyalar. TUBZ tolali optik aloqa tizimlarining klassifikatsiyasi: CWDM, DWDM, HDWDM tizimlari va ularning asosiy parametrlari. Optik aloqa tizimlarining aktiv elementlari. Optik aloqa tizimlarining nurlanish manbalari. Optik modulyatorlar. Optik aloqa tizimlarining fotoqabul qilgichlari. Tolali optik aloqa tizimlarining liniya trakti. Tolali optik aloqa tizimlari. Plezioxron raqamli ierarxiya (PDH). Xalqaro, shaharlararo va mahalliy tarmoqlarda qo‘llaniladigan raqamli uzatish tizimlari.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling