O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


Download 1.46 Mb.
bet158/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

Ta’lim yo‘nalishi:




61030700 – Qo‘shinlarning taktik qo‘mondonlik muhandisligi (aloqa qo‘shinlari)



Fan/modul kodi
KTV6

O‘quv yili
2021-2023

Semestr
8, 9, 10

Kreditlar
6

Fan/modul turi
majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
2/2/2


Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlai
(soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama (soat)

Kiberxavfsizlikni ta’minlashning dasturiy-apparat vositalari

90

90

180


I. Fanning mazmuni
Axborot kommunikatsiya tizimlari hamda tarmoq xavfsizligi masalalari hozirgi paytda qo’shinlar va harbiy qismlardagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. “Kiberxavfsizlikni ta’minlashning dasturiy-apparat vositalari” fani ushbu muammolarni yechishga qaratilgan bo’lib, mazkur fanni o‘rganish aloqachi mutaxassislar uchun zarur hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiya tizimlarida kiberxavfsizlik to’g’risida tassavurga ega bo’lish va shu asosida kompyuter va tarmoq havfsizligini ta’minlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish shuningdek, ularni hizmat faoliyati jarayonida qo’llay olish bugungi kundagi ofitserlar bilishi lozim bo’lgan zamonaviy bilimlar hisoblanadi.
“Kiberxavfsizlikni ta’minlashning dasturiy-apparat vositalari” fani asosiy maqsad kursantlarga axborot-kommunikatsiya tizimlarida kiberxavfsizlikning umumiy tasavvurini yetkazish va shu asnoda kompyuter va tarmoq xavfsizligi tushunchasini shakllantirish, kiberxavfsizlik qoidalarini xizmat faoliyati jarayonida qo‘llay olish qobiliyatini o‘rgatishga qaratilgan.
Belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan «Kiberxavfsizlikni ta’minlashning dasturiy-apparat vositalari» fanining asosiy vazifalari:
hozirgi kundagi amalga oshirilishi mumkin bo’lgan tarmoq xavfsizligiga bo’lgan zamonaviy tahdidlar, kiberhavfsizlikning asosiy tushunchalari to’g’risida ma’lumotlarni berib borish;
operetsion tizimlardagi yashirin kuzatish imkoniyatlariga ega bo’lgan dasturlardan foydalana olish va ulardan himoyalana olish qobilyatini shakllantirish;
operetsion tizimiga qo’yilgan parollarni buza olish va ularni buzishdan himoyalash bo’yicha amaliy ko’nikmalarni berish;
virtual ishchi maydonni tayyorlash va bilan ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish;
Linux operatsion tizimlari va uning distribyutivlari bilan ishlashda amaliy ko’nikmalarni berish;
tarmoq himoya tizimini tushuntirish va uni markazalashtirilgan ravishda boshqaruvini amalga oshirish bo’yicha ko’nikmalarni berish;
tarmoqda testlar o’tkazish, pentest qilish, trafiklarni ushlab olish va ularni tahrirlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar berish;
kiberxavfsizlik qoidalarini xizmat faoliyati jarayonida qo‘llay olish qobiliyatini shakllantirish.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling