O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yich ko‘rsatma va tavsialar


Download 1.46 Mb.
bet172/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yich ko‘rsatma va tavsialar
Seminar mashg‘ulotlari
Seminar mashg‘ulotlari ma’ruzalarda olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashni, o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish, mustaqil ishlash vaqtida izlanuvchanlik, o‘quv materiallarni umumlashtirish, mantiqiy fikr-mulohaza yuritish, aniq va qisqa javoblarni tuza olish va ifodalash qobiliyatlarini shakllantirishni maqsad qiladi. Seminar davomida kursantlarni mustaqil va yerkin fikr yuritishga, nutq mahoratini oshirishga, u yoki bu muammoga nisbatan o‘z nuqtai nazarini aniq va ravshan ifoda yetishga chorlaydigan yangi pedagogik texnologiyalardan, interfaol metodlardan foydalanilish zarur.
Seminar yakuni bo‘yicha kursantlarning bilim va ko‘nikmalari baholaniladi.
Seminarlarga tayyorgarlik uchun topshiriqlar beriladi, guruhlar bilan konsultatsiyalar, individual ishlar tashkillashtiriladi va o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlari
Amaliy mashg‘ulotlar kursantlar tomonidan mustahkam amaliy ko‘nikmalarni egallashlari uchun mo‘ljallangan.
Jangovar va maxsus-taktik tayyorgarliklarni rejalashtirishni rasmiylashtirish, jangovar va maxsus-taktik tayyorgarliklarni tashkillashtirish bo‘yicha rahbariy hujjatlar talablarini va mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy usullarini o‘rgatish, jangovar va maxsus-taktik tayyorgarliklar bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borish, zamonaviy aloqa vositalarni qo‘llanishida mashq qilish va maxsus-taktik mashqlarni va o‘quvlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va o‘tkazish.
O‘qituvchilar barcha turdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishda, kursantlarning yakka tartibdagi sifatlariga ko‘proq javob beradigan va o‘quv materiallarini ular tomonidan yuqori darajada o‘zlashtirishni ta’minlaydigan, shuningdek, mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantiradigan o‘qitish usul va vositalarini tanlaydilar.
O‘quv dasturini kursantlar tomonidan o‘zlashtirilishining joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar orqali amalga oshiriladi. Joriy nazorat seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish davomida olib boriladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling