V. Ta’lim natijalar. Kasbiy kompetensiylari
Qo‘shinlarning taktik qo‘mondonlik mutaxassisligi (Axborot tizimlari va texnologiyalari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kursantlari uchun ”Dasturlash texnologiyalari” fanni o‘rganish natijasida kursantlar:
quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi lozim:
C++ dasturlash tilining kelib chiqishi, C++ tilining qo‘llanilish sohalari va imkoniyatlari, chiziqli va tarmoqlanuvchi algoritmlar, C++ tilining operatorlari, massiv va qism dasturlar bilan ishlash, ko‘rsatkich tushunchasi, fayl tushunchasi, obyektlar va classlar, C++ Builderda dastur tuzish, tuzilgan dasturlarni testlash, C++ da turli muhitlar uchun o‘rnatiluvchi amaliy dasturlar yaratish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, C++ Builder imkoniyatlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
quyidagilarni bilishi va qo‘llay olishi lozim:
algoritm tuzish, tuzilgan algoritm asosida dastur tuzish, dastur kodini optimallash, tuzilgan dasturlarni analiz va sintez etish, turli muhitlar uchun amaliy dasturlar yaratish, C++ tilida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, C++ tilida MS Office dasturlari bilan ishlaydigan dastur yaratishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
C++ tili yordamida turli qiyinchilikdagi masalalarni dasturini tuzish, obyekt va classlardan foydalanib dastur tuzish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, windows muhiti uchun o‘rnatiluvchi amaliy dasturlar yaratish, C++ tili orqli MS Office dasturlar paketidagi amaliy dasturlar bilan birgalikda ishlovchi dastur yaratish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak.
|
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari
“Ma‘ruzalar”, “Bumerang”, “Zinama-zina”, “Keys-stadi”, “Fikrlar hujumi” (aqliy hujum), “Charxpalak”, “Interfaol suhbat”, SWOT-tahlil”, guruhlarda ishlash
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |