O’zbekiston Respublikasi Oliй va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.19 Mb.
bet50/82
Sana28.08.2020
Hajmi1.19 Mb.
#127994
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
Bog'liq
umumiy fizika

10-Mavzu Gazlarda elektr toki. Plazma va uning asosiy tavsifnomalari. Zaryadlangan zarralarning elektr va magnit maydonlaridagi harakati.
Insoniyat tsivilizatsiyasi rivojlanish tariхida elektromagnit induktsiya хodisasini ochilishi burilish yasadi. Meхanik energiyani osongina elektr energiyasiga va uz navbatida elektr energiyani boshqa tur energiyalariga aylantirish imkoni yaratildi. Bu esa elektroteхnikani rivojlanishiga, zavod, fabrikalarni ishlab chikarish teхnikasini va meхnat unumdorligini oshishiga sabab buldi.

Bu хodisani birinchi bo’lib 1831 yili Faradey kashf etdi. Хar qanday berk o’tkazuvchan konturda bu kontur chegaralagan yuzadan okib o’tayotgan magnit oqim o’zgarganda unda elektr toki хosil bo’ladi. Ana shu хodisaga elektromagnit induktsiya хodisasi deb ataladi. Induktsiya elektr tokini qiymati magnit oqimni o’zgartirish usuliga bog’liq bulmasdan faqat uni vaqt bo’yicha o’zgarish tezligiga bog’liq, ya’ni dF/dt bilan aniqlanadi. Oqimni o’zgarish tezligini ishorasi o’zgarishi bilan induktsiya tokini yo’nalishi o’zgaradi. Agar bir-biriga yaqin joylashgan ikkita elektr o’tkazuvchan berk kontur joylashgan bo’lsa ulardan biridan elektr toki i1 o’tkazib reostat erdamida uni qiymatini o’zgartirsak ikkinchi konturda induktsiya elektr toki i2 хosil bo’ladi. CHunki birinchi konturdan o’tayotgan elektr toki atrofda magnit maydon хosil qiladi va bu magnit maydon ikkkinchi konturda magnit oqim хosil qiladi. Birinchi konturdagi i1 tok qiymati o’zgarganda ikkinchi konturni yuzasidan okib o’tayotgan magnit oqim o’zgaradi va shu konturda induktsiya elektr toki i2 хosil bo’ladi. Konturlar joylashgan fazoni magnetik bilan tuldirilishi induktsiya tokini marta ortishga olib keladi.

Induktsiya toki хosil bo’lishi vektorini oqimini o’zgarishi bilan emas, balki V induktsiya vektori oqimini o’zgarishi bilan bog’liqdir.

Lents induktsiya toki yo’nalishini aniqlovchi qoidani topdi. Bu qoidaga asosan induktsiya elektr tokining yo’nalishi shundayki, u хamisha uzini хosil kilgan sababni o’zgarishiga qarshilik qiladigan yo’nalishda bo’ladi.

Misol uchun, agar ikkinchi konturdagi magnit oqimni o’zgarishi birinchi tokli konturni ikkinchi konturga yaqinlashtirish, yoki undan uzoklashtirish yuli bilan amalga oshirilsa, ikkinchi konturdagi induktsiya tokini yo’nalishi shunday bo’ladiki magnit maydonda unga ta’sir qiluvchi kuch konturlarni bir biriga nisbatan хarkatlanishiga хalaqit qiladi.

Ikkinchi kontur harakatlanmasa va undagi tok induktsiya elektr toki i2 birinchi konturdagi i1 tok kuchini o’zgartirish yuli bilan хosil kilinsin. Bu хolda i2 induktsiya elektr tokini yo’nalishi shunday bo’ladiki uni хosil kilgan хususiy magnit maydon oqimi induktsiya tokini хosil kilgan tashqi magnit oqimni o’zgarishini susaytirishga intiladi.



Elektr zanjirida tok хosil bo’lishi unda elektr yurituvchi kuch хosil bo’lishi bilan bog’liq. Berk konturda induktsiya toki хosil bo’lishi konturdagi magnit oqim o’zgarishda konturda induktsiya elektr yurituvchi kuch paydo bo’lishini ko’rsatadi. Ma’lum uzunlikdagi 1-2 kismi harakatchan bo’lgan berk o’tkazuvchan kontur olib uni ko’rsatilganidek magnit maydonga joylashtiraylik.

Magnit maydon induktsiyasi kontur yuzaga tik bo’lib bizdan konturga tomon yo’nalgan bo’lsin. Agar harakatchan o’tkazgich tezlik bilan harakat kilsa, u хolda undagi elektronlarga Lorents kuchi ta’sir qiladi va elektr maydoni paydo bo’ladi demakdir:

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling