O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 0.99 Mb.
bet5/12
Sana29.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1401761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TARIX SLAYT

Ko‘sh darvoza o‘zining originalligi, ko‘rkamligi bilan ham farqlanadi. Oshkora, diqqat tortadigan darvozalardan tashqari, devorlarda ko‘zga tashlanmaydigan eshiklar ham bo‘lgan. Toshkentda ular qopqa nomi bilan atalgan. Shunga ko‘ra, Toshkentninig 12 darvozasi boiishiga qaramay, uni «32 qopqali» shahar deyishgan. Ko‘p hollarda shahar devorlari bo‘ylab tashqi tarafdan suvga to‘ldirilgan zovur — handaq ham bo‘lgan. Handaq ham devor kabi shaharning muhofazasini ta’minlovchi qo‘rg‘on me’morchiliqning bir tarmog‘i sifatida qadimdan ma’lum.


Shaharning qiyosiy jadvali (bir masshtabda),
XIX asr 1-yarmi; chapda, tepada-Toshkent; pastda – Xiva; o`ngda: tepada- Buxoro, o`rtasida – Samarqand, pastda – Shahrisabz va burchakda – Qarshi

Ko‘sh darvoza o‘zining originalligi, ko‘rkamligi bilan ham farqlanadi. Oshkora, diqqat tortadigan darvozalardan tashqari, devorlarda ko‘zga tashlanmaydigan eshiklar ham bo‘lgan. Toshkentda ular qopqa nomi bilan atalgan. Shunga ko‘ra, Toshkentninig 12 darvozasi boiishiga qaramay, uni «32 qopqali» shahar deyishgan. Ko‘p hollarda shahar devorlari bo‘ylab tashqi tarafdan suvga to‘ldirilgan zovur — handaq ham bo‘lgan. Handaq ham devor kabi shaharning muhofazasini ta’minlovchi qo‘rg‘on me’morchiliqning bir tarmog‘i sifatida qadimdan ma’lum.

Masalan, Xorazmdagi antik davrga mansub Jonbozqal’a, Tuproqal’a shaharlarida ham handaqlar bo‘lgan. Aniqroq aytilsa, handaqlar antik davrdan ham qadimiyroqdir. Yirik shaharlarda hokim qarorgohlari — qal’alar (arko`rda) bo‘lib, ular shaharning boshqa qismlaridan ajralib turgan. Joylashuvi turlicha bo‘lgan. Buxoro kabi shaharlarda dastlabki qal’a bu vaqtga kelib ham tarixiy o ‘rnini saqlab qolgan. Boshqalarida esa qal’a ko‘chib yurgan. Ular sirasiga Samarqand, Toshkent kabi shaharlaniing qal’alari kiradi. Aksariyat qal’alar shaharning qo‘rg‘on devorlariga tutashgan.

Xivada qal’a shahriston (Ichan qal’a) devoriga g‘arbdan tutash bo‘lgan Olloqulixon tomonidan Ichan qal’aning sharqida, Polvon darvoza yonida bir necha tutash imoratlar solingandan keyin (ular ichida saroy — Tosh hovli ham bor) qadimgi qal’a Ko‘hna ark nomi bilan atala boshlandi.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling