O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 0.99 Mb.
bet8/12
Sana29.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1401761
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
TARIX SLAYT

Buxoro shahar markazi:
Buxoro sh., Ark, bosh tarh

Buxoro shahri Turkiston zaminidagi asosiy shahardan biri bo‘lgan. XVI asrda shakllangan holati, asosan saqlangan. O‘zgarish ko‘proq qurilmalaming zichlanishi hisobiga bo`lgan. Shaharning qo‘rg‘on devori ichidagi hududi o‘sha davrda, XVI asrda vujudga kelganicha qolgan. Tarxi umuman doiraga yaqin bo‘lib shaharning avvalgi yerlariga g‘arb tarafdan Joy bor yerlari qo‘shilgach Buxoro cho‘zinchoqroq shaklni oldi. Buxoroning markazi shaharning katta qismini egallagan edi. Bir-biriga tutashib ketgan qadimgi monumental hamda keyinroq vujudga kelgan madrasa, masjid, savdo binolari, karvon saroy, do‘kon va boshqa jamoat binolaridan, ko'cha va maydonlardan tashkil topgan. Binolarning katta-kichikligi, shakl-shamoyili bir-biriga mos kelib, uyrun kompozitsion yaxlitlikka ega bo‘lgan. Hozirgi holatda markazning anchagina imoratlari, ayniqsa, do‘kon va karvonsaroy kabi binolarning buzilishi natijasida avvalgi yaxlitligi yo‘qolgan. Markazdagi asosiy ko‘chalarning tugunlari (chorrahalar) gumbazli timlar bilan ajratilgan. Shahardagi jami to‘rtta timdan uchtasi — Sarrafon, Zargaron, Telpakfurushon toqlari saqlangan. Ko‘chalarning yo‘nalishi uzoq o‘tmish mobaynida shakllangan. Markazdagi Sarrafon hammomi bunga yaxshi misol bo`la oladi. Nomuntazam shakldagi yerga me’mor ustalik ila imoratni (hammomni) joylashtira olgan. Umuman yer tanqisligi shahar uchun xarakterlidir. Shu sababdan ham shahar ichida daraxtlar oz edi. Oddiy ko‘chalardan arava o‘ta boshlaganda aravakash ko‘cha boshidan turib qarshidan boshqa arava kirmasin uchun ovoz bilan darak bergan.

Samarqand, Shaxrisabz va toshkent shaharsozligi

Samarqand shaharining tarxida, asosan o‘rta asrlar davridagi holat saqlanib qolgan. Shaharning badiiyligi o‘ziga xos asosga ega edi. Ommaviy, sodda qurilmalar ichidan onda sonda ulug‘vor ko‘k (lojuvard) Temur va temuriylar davriga oid bino qoldiqlari yuksalib turgan. Shaharning qo‘rg‘on devor ichidagi maydoni doiraga yaqin bo‘lgan. Uning geometrik markazi tarxda yaqqol ko‘z ga tashlanadi. U Chorsu binosi bilan belgilangan. Bosh ko‘chalar Chorsu binosidan radial yo‘nalishda tarqaladi. Shaharning ma’muriy markazi bo`lmish qal’a tomon ketgan ko‘cha muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Uning mavqeyini bu ko‘chadagi Registon maydonining joylashuvi ham ko‘rsatib turadi. Shimolda Bibixonim me’moriy guruhiga, janubda Go‘ri Amirga olib boradigan ko‘chalaming ham ahamiyati baland bo`ligan. Yirik bozorlarda asosiy rastalar joylashgan savdo ko‘-chalarining ustilari yopiladigan edi. Ular tim deb atalgan. Buxoro, Toshkent, Marg‘ilon, Shahrixonda shunday timlar bo'lganligi ma’lum. Bozor xordiq chiqaradigan joy vazifasini ham o‘tagan. Maddoh, masharaboz, polvon, dorboz kabilar o‘z san’atlarini namoyish etishar edilar. Ramazon oylarida bozor kechalari ham davom etgan. Bunday bozor — bozori shab deb nomlangan. Shaharlarning ijtimoiy-siyosiy mavqega ega maydonlari bo`lgan. Ular Registon nomi bilan ma’lum. Registon maydonlari, odatda, bozor bilan birga (tarkibida yoki yonma yon) bo`lgan: Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qarshi kabi shaharlar bunga misol bo‘lishi mumkin. Registonlarnng me’moriy jihatidan eng mashhuri Samarqanddir.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling