O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy Eron dialektlari
Fors dialektlari
Eronnning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan fors viloyatida fors tilining ko‘plab dialektlarida so‘zlashuvchi aholi yashaydi. Ular, birunchiniy, so‘mguniy, masarli, panuniy dialektlarida so‘zlashadi. Bu dialektda so‘zlashuvchilar o‘zlarini tojik tojik, tillarini esa tajiki - tojikiy deb atashadi. Tarixan bir tildan chiqib kelgan bu aholining dialektlari hozirgi paytda fors va tojik tillarida fonetik leksik, leksik va grammatik tizimda ancha farq qiladi. Bu dialektlar bilan O.Mann, V.S.Rastorgueva va A.A.Kerimovalar shug‘ullanishgan. O.I.YA. 316-364-b. Markaziy Eron dialektlari Eron yassi tog‘liklari hududidagi viloyatlarda yashovchi eroniy (forsiy emas) dialektlarda so‘zlashuvchi aholining tili umumlashib, geografik jihatdan yaqin joylashgani uchun shu nom bilan ataladi. Bu dialektlar o‘zlarining geografik joylashishiga ko‘ra quyidagicha nomlanadi: Koshon dialektlari, Bunga xunsari (yoki xunsariy), vonishuniy, tijuniy va kohrudiylar kiradi. Isfahon dialektlari: sedeiy, giyaziy va isfahoniy. Yazdiy yo gabriy. Yazd va Kermon shaharlari va ularning atrofida yashovchi parslarning dialekti. Ba’zi ilmiy adabiyotlarda eronlik parslarning dialekti «dari» termini bilan ham nomlanadi. Eronlik musulmonlar shu kungacha otashparastlik diniga e’tiqod qiluvchi parslarni gebralar deb atashadi. Shundan kelib chiqib dialektning nomini gabriy deb atashadi. Nainiy dialekti – Isfahon va Yazd shaharlari orasidagi Nain shahri aholisining tiliga aytiladi. Bu dialekt Yazd otashparastlari dialektiga juda yaqin turadi. Natanziy dialekti – Koshon va Isfahon shaharlari orasida joylashgan. Natanz tumanida yashovchi aholining tili. Uriy dialekti – Ur va Mehrjon tumanlarida yashovchi aholining tili. Semnon dialekti – Tehronning shimoliy qismida joylashgan Semnon shahri aholisining tili. Shu atrofda lasgerdiy, surxeiy, shemerzadiy, sengiseriy kabi dialektlarda so‘zlashuvchi aholi ham yashaydi. Bu dialektlarning hammasi o‘zining til xususiyatlari bo‘yicha Koshon, Isfahon va Mozandaron dialektlariga yaqin turadi. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling