O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Download 405 Kb.
bet48/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bog'liq
5

Osetin tili
Osetinlar Kavkaz ortida yashashadi. Ular Rossiya tarkibiga kiruvchi Shimoliy-Osetin muxtor respublikasi hamda Gruziya davlati tarkibiga kiruvchi Janubiy-Osetin muxtor viloyatida istiqomat qiladilar.
Osetin tili ikki yirik dialektga ega:

  1. Sharqiy dialekt yoki iron dialekti.

  2. G‘arbiy dialekt yoki digor dialekti.

Aholining taxminan 75 foiz (%)i Eron dialektida gapirishadi. Digor dialekti o‘zining tarixiy-lingvistik xususiyatlarga ko‘ra qadimiyroqdir. Osetin adabiy tili iron dialekti asosida shakllangan. Digor dialektida ham biroz adabiyotlar va vaqtli nashriyotlar mavjud.
Eron dialektida so‘zlashuvchilar 1923-yildan boshlab to 1938-yilgacha lotin alifbosidan foydalanishgan bo‘lsa, 1938-yildan boshlab rus alifbosidan, digor dialektida gapirishuvchilar esa 1923-yildan 1938-yilgacha lotin alifbosidan, 1939-yildan to 1956-yilgacha gruzin alifbosidan va 1957-yildan to shu kungacha rus alifbosidan foydalanib kelishmoqda.
Osetinlarning ajdodlari alanlar (yunon manbalarida), osi, yasi (rus va gruzii manbalarida), qadim zamonlarda Azov va Qora dengizning shimoliy qirg‘oqlarida hamda shimoliy Kavkaz tog‘lari atroflarida yashashgan. Ular skif-sarmat qabilalarining bevosita davomchilaridir. XIV-XV asrlarda bir qism osetinlar Kavkaz orti hududlariga ko‘chib o‘tishgan. Osetin tilining grammatik tuzilishi unchalik ko‘p o‘zgarishga uchragani yo‘q. Faqat tildan flektiv xususiyat yo‘qolib, agglyunativ tip rivojlanmoqda. Fonetika qismida eroniy tillarga oid bo‘lmagan va Kavkaz tillariga xos bo‘g‘iz tovushlari “K, T, F, C”lar bor.


Kurd tili
Kurdlar hozirgi vaqtda to‘rt davlat: Turkiya, Eron, Iroq va Suriya hududlarida yashashadi. Bular yashagan maydon Kurdiston deb ataladi. Kurdlar shuningdek, Armanistonda, Ozarbayjonda, Gruziya va Turkmaniston respublikalarida ham yashaydilar. Kurdlarning umumiy soni 21-22 mln kishi. Kurdlar, asosan, chorvachilik bilan shug‘ullanishadi. XIX asrdan boshlab Eron, Iroq va Turkiyada kurdlarning ko‘pchiligi o‘troq holatga o‘tib, dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. Turli davlatlarda yashovchi kurdlar o‘sha davlatning yozuvidan foydalanib kelishmoqda. Masalan, Turkiya va Suriyada lotin alifbosidan, Eron va Iroqda arab alifbosidan. Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston va Turkmanistonda rus alifbosidan foydalanishadi.
Kurd tilida bir qancha dialektlar mavjud. Bulardan eng kattalari:

  1. Shimoliy-g‘arbiy (kurmanji) dialekti.

  2. Janubiy-sharqiy dialekt.

Shunday katta hududga tarqalgan kurdlar turli lahjalarda, masalan, guraniy, zaza, lahjalarida gapirishadiki, bu lahjalar uzlarining fonetik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra mustaqil til darajasigacha ko‘tarilgan. Guraniy lahjasida, xatto yozma adabiyot ham mavjud. Kurmanji dialektida rod (jins) kategoriyasi mavjud, huddi pushtu tiliga o‘xshash ergativ konstruksiya bor.


Beluj tili
Beluj yoki baluchi tilida beluj (baluch, baluj)lar gapirishadi. Ular Eron va Pokiston o‘rtasida joylashgan Belujiston hududida yashashadi. Bundan tashqari belujlar Turkmaniston va Afg‘onistonda istiqomat qiladilar. Belujlarda qabila tizimi mavjud. Pokistonda rind, marri buchti, magasi kabi qabilalar ham bor. E’tiqodi bo‘yicha belujlar sunniy mazhabiga xosdirlar. Beluj tili ikki katta dialektga asoslangan:

Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling