O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
Hozirgi zamon tojik tili
Tojiklar asosan, O‘rta Osiyoda yashashadi. Tojikiston Respublikasida tojiklar aholining asosiy qismini tashkil qiladi. Undan tashqari O‘zbekiston Respublikasining quyidagi tumanlarida zich yashashadi: Farg‘ona vodiysida: a) Namangan viloyatining Pop, Chust, Kosonsoy tumanlarida; b) Farg‘ona viloyatining So‘x, Rishton tumanlarida; Qashqadaryo viloyatida: a) Qashqadaryo daryosi yuqori oqimda; b) Shahrisabz va Qarshi tumanlarida; Buxoro viloyatida: a) G‘ijduvon, Nurota, Karmana tumanlarida; b) Buxoro shahrida; Samarqand shahrida; Surxondaryo viloyatida: a) Sherobod daryosi yuqori oqimida; b) Boysun tumanida; v) Sariosiyo tumanida; Toshkent viloyatida: a) Chirchiq daryosi yuqori oqimi bo‘ylab; b) Chatqol va Pskom daryolari oqimi bo‘ylab; v) Bo‘stonliq tumanining tog‘liq (Burchmulla), Bog‘iston hududlarida. Tojiklar shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod va O‘sh viloyatlarida ham yashashadi. Shuningdek ular Turkmaniston respublikasining O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlarida ham yashashadi. O‘rta Osiyo hududlarida tojik tilida so‘zlashuvchi ba’zi etnik guruhlar ham bor. Bular O‘rta Osiyo yoki Buxoro juhudlari (ular o‘zlarini «ivri» yoki yahudiy, deb atashadi) bo‘lib, O‘zbekistonda Buxoro, Samarqand Kattaqo‘rg‘on va Farg‘ona vodiysidagi shaharlarda yashashadi. Shunday guruhlardan yana biri O‘rta Osiyo lo‘lilaridir. Ular O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyatida, Tojikistonning Hisor vodiysi va Kulob viloyatlarida yashashadi. O‘zbekistonda Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatida guruh-guruh bo‘lib qishloqlarda arablar ham yashaydiki, ularning bir qismi tojikcha, bir qismi o‘zbekcha gapirishadi. Ko‘pchiligi esa ikkitillikdir. Bulardan tashqari, tojik tilida Afg‘onistondan chiqqan jamshidlar, hozarlar (bular asosan, Turkmanistonda yashashadi) gapirishadi. O‘zbeklarning ko‘pchiligi ham tojik tilini bilishadi. Tojik va tojikzabon xalqlarning ko‘pchiligi Afg‘onistonda ham yashashadi. Shimoliy Afg‘onistonda tojiklar aholining taxminan 50 foiz (%)ini tashkil qiladi. Afg‘oniston janubida Qandahor viloyatida, g‘arbiy qismi Hirot viloyatida ham ko‘plab tojiklar yashaydi. Afg‘oniston poytaxti Kobulda esa boshqa xalqlar qatori tojiklar ham yashaydi va bu shahar shevasi adabiy til darajasiga ko‘tarilib, u «Kabuliy», «Forsiy kabuliy» nomlari bilan ilmiy adabiyotga kirib keldi. Afg‘onistonda shuningdek, bir necha guruhlarga bo‘linib ketgan chor-aymoqlar ham yashaydiki, ular to‘la tojik tilida gapirishadi. Bu qabilalar – firuzquhlar, jamshidlar taymaniylar va hazoriylardir. Bularni Afg‘onistonda turk tatarlari deyishadi. Firuzkuhlar – yarim ko‘chmanchi qabila bo‘lib, Murg‘ob daryosi bo‘ylab yashashadi. E’tiqodi bo‘yicha musulmon sunnitlar. Ular Amir Temur davrida Erondan bu yerlarga ko‘chirilganlar. Jamshidlar ham yarim ko‘chmanchi holda hayot kechirishadi va Xirot viloyatining shimoliy-g‘arbiy qismi, Kushka va Xarirud daryosi bo‘ylab joylashishgan. Ularning bir qismi Eronda ham bor. Afg‘oniston bilan chegaradosh sharqiy Xurosonda zich joylashishigan. Ularning vatani Seyiston bo‘lib, Amir Temur ularni XIV asrda shimol tomonlarga ko‘chirgan. Erondagi jamshidlar shia mazhabiga, Afg‘onistondagi jamshidlar esa sunniy mazhabiga e’tiqod qiladilar. Taymaniy yoki teyminiylar Hirotning janubiy-sharqiy qismida Farrah rud daryosining yuqori oqimida yashashadi. Dehqonchilik, yarim ko‘chmanchi holda chorvachilik bilan shug‘ullanishadi. Sunniy mazhabiga mansub. Chingizxon davrida O‘rta Osiyoga kelib qolgan mo‘g‘ullar bo‘lib, ular keyinchalik tojikzabon bo‘lib qolishgan. Hazora-hazoriylar, asosan, Afg‘onistonning Kobul va Maydonshor, Bomiyon Xirot shaharlari orasida yashashadi. Shuning uchun bu hududlarni azarejot deb atashadi. Ular Afg‘oniston Turkistonining tog‘li hududlarida va Badahshon viloyatining janubiy qismida ham yashashadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi. Qalayi-nav va Kattag‘on hududlarida yashovchi hazoralarni «deh-i-ziynat», qolgan joylarda yashovchi hazoralarni «barbariy»lar deb atashadi. Sunniy mazhabiga mansub bo‘lib, hammalari ko‘chmanchi holatda yashashadi va chor-aymoq guruhiga mansubdirlar. Ko‘pchiligi shia mazhabiga mansub. Shia mazhabiga mansub bo‘lganlarning soni Afg‘onistonda taxminan 1 mln. kishiga yaqin. Hazoralar Eronda, Turkmanistonda va qisman Tojikiston davlatlarida ham yashaydilar. Hazoriylar Chingizxonning yurishida qatnashgan askarlarning avlodlari bo‘lib, hazora so‘zining o‘zi hazor – ming so‘zidan olingandir. Zahiriddin Muhammad Boburning guvohlik berishicha XVI asrda ham mo‘g‘ul qo‘shinlarining bir qismi o‘z tilini saqlab qolganlar (Kobulning g‘arbiy qismida, tog‘li tumanlarda yashovchi qismi). Lekin XIX asrga kelib, ular ham deyarli o‘z tillarini yo‘qotib, tojik tilini qabul qilganlar. Fors tojik tilining turli shevalarida temuriylar yoki teymuriylar (Xirotning janubiy qismida), beluj ko‘chmanchi qabilalari (Xuroson hududida) hamda Xuroson arablari (Seraxs, Birjanda) hududlarida tojik tilida gaplashishadi. Tojik tili Tojikiston respublikasida davlat tili deb e’lon qilingan. Tojik adabiy tili standart til darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Uning shakllanishida mashhur yozuvchi va shoirlardan Sadriddin Ayniy, Mirza Tursunzoda, S.Ulug‘zoda, Sulaymon Loyiq va boshqalarning xizmatlari katta. Tojik tilining yozuvi ham huddi turkiy xalqlar kabi bir necha alifbolarga asoslangan. 1928-29-yillargacha tojiklar arab alifbosidan foydalanishgan bo‘lsa, 1928-29/1939-40-yillarda lotin alifbosidan foydalanishdi. 1940-yildan boshlab (kirill) rus alifbosidan foydalanishmoqda. Unga 6 ta qo‘shimcha harf kritilganki, ular faqat tojik tilining o‘ziga xos tovushlarini ifoda etadi. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling