O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi


Download 405 Kb.
bet54/56
Sana14.02.2023
Hajmi405 Kb.
#1199025
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
5

Qumzori dialekti. Arabiston yarim orolining Ormurz ko‘rfazi janubiy qismidagi Musandam yarim orolida yashovchi beduinlarning tili. Qumzori dialekti Fors ko‘rfazining janubidagi birdan-bir fors tilining dialektidir.


Tayanch iboralar
Umumiy til, sariko‘l dialekti, «zdamik» tili, Kulob viloyati, «ishko‘shimiy» tili, Yag‘nob daryosi, yangi So‘g‘d tili dialekti, baraki, bargista tili, yozuvga ega bo‘lmagan xalqlar


Savollar

  1. Pomir tillarida so‘zlashuvchi xalqlar qaysi davlatlarda yashaydilar?

  2. Pomir tilida so‘zlashuvchi xalqlar uchun tojik tilining ta’siri qanday?

  3. Pomir tilida so‘zlashuvchi xalqlarning migratsiyasi qay usulda olib borilayapti?



Hozirgi zamon eroniy tillarning tarixiy-dialektologik tasnifi
Hozirgi zamon eroniy tillarning tarixiy-dialektologik tasnifi ularning tarixiga asoslangan. Tasnifning eng muhim kriteriyasi bo‘lib qadimgi eroniy dialektlar orasidagi tasnifdir. Qadimgi davrda g‘arbiy eroniy dialektlarning sharqiy eroniy dialektlardan ajratish usuli hozirgi eroniy tillarning tasnifiga asos bo‘ladi. Hozirgi eroniy tillar ham ikki guruhga ajratiladi: 1. G‘arbiy eroniy tillar. 2. Sharqiy eroniy tillar. Qadimgi eroniy tillar davrida g‘arbiy eroniy til (dialekt)lar guruhiga kirgan tillar hozirgi eroniy tillar davrida ham shu guruhga kiradi. Sharqiy eroniy tillar guruhiga kirgan tillar hozirgi paytda ham sharqiy eroniy tillar guruhiga kiradi.
G‘arbiy eroniy tillar ham o‘z navbatida ikki kichik guruhlarga bo‘linadi:
1) shimoliy-g‘arbiy eroniy tillar;
2) janubiy-g‘arbiy eroniy tillar.
Shimoliy-g‘arbiy eroniy til (dialekt)lar qadimgi Midiya va Parfiya hududlarida yashagan xalqlarning tiliga borib taqaladi. Ular Eron yassi tog‘liklarining shimoliy va shimoliy-g‘arbiy hududlarida yashashgan. Bularga: a) kurd tili va kurd qabilalarining dialektlari (gurani, zaza va b.); b) beluj tili; v) talish tili; g) gilyon va mezondaron dialektlari; d) markaziy Eron dialektlari (qisman fors viloyati dialektlari); ye) ormuri; yo) parachi kiradi.

Download 405 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling