2. G‘arbiy yo‘nalish:
Xuddi shu davrda oriyzabon qabilalarning bir qismi kichik Osiyo va Mesopatamiya vohalariga ko‘chib ketishi kuzatilgan.
Shunday katta territoriyaga joylashgan oriyzabon qabilalarning tillari ma’lum darajada o‘zgargan. Shevalarda ham katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Bu esa umumoriy jamoa tilining bo‘linib ketishiga olib kelgan. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, 70-80-yillarda hind-evropa tillarining paydo bo‘lishi va uning manbai to‘g‘risida Amerika va G‘arbiy Yevropa olimlarining qarashlari bo‘yicha qator maqola va monografiyalari chop etila boshlandi. Bulardan Moskva-Tbilisi shaharlarida nashr qilingan T.V.Gamkrelidze va V.V.Ivanovlarning («Indoyevroneyskiy yazik i indoyevropeysi» I-II jild, Tbilisi 1984) nomli ikki jildlik ilmiy asarlari alohida diqqatga sazovordir. Mualliflarning fikricha, Hind-Yevropa tillarida gapirishgan qabilalar er.av. VIII-VII mingyilliklarda Mesopatamiya va Yaqin Sharq hududida yashagan va ular ham ikki yo‘nalishda hijrat qilganlar:
1. Janubiy Sharqiy yo‘nalish:
Er.av. III-II minginchi yillarda turli shevalarda so‘zlashuvchi qabilalarning bir guruhi Yaqin Sharq hududidan janubiy Kavkaz va Shimoliy Eron orqali Afg‘oniston, O‘rta Osiyo va Hindiston tomon xijrat qilganlar va keyinchalik yerlik tub aholi bilan yonma-yon yashay boshlaganlar.
2. Kichik Osiyo, Shimoliy Qora dengiz yo‘nalishi. Boshqa guruh qabilalari (Shumerlar bilan birga) Kichik Osiyoga o‘tib, undan Qora dengiz, Azov dengizi, Ural daryosi orqali Xorazm vohasigacha yetib borganlar. I.M.Oranskiyning «Vvedenie v iranskuyu filologiyu» kitobiga asoslangan holda shuni aytish joizki, O‘rta Osiyo hududidan chiqib ketgan oriyzabon qabilalar – hindiy tillari guruhi va eroniy tillar guruhiga ajralib, mustaqil rivojlanish yo‘liga kirganlar.
Tayanch iboralar
Eroniyzabon xalqlar, oriyzabon qabilalar, umumoriyzabon qabilalar, hindiyzabon xalqlar ko‘chmanchi xalqlar, o‘troq xalqlar, tub yerli aholi.
Savollar
Eroniy tillarning davriy bo‘linishini qanday tushunasiz?
Oriyzabon qabilalarning joylashish o‘rni haqida olimlar o‘rtasida qanday turli qarashlar mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |