O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi
Download 405 Kb.
|
5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi eroniy til.
- O‘rta fors tili.
- Parfyan tili.
- So‘g‘d tili.
- Xorazm tili.
Qadimgi eroniy tillar
Avesto tili. Bu til nomi emas, balki Avesto kitoblar to‘plami bo‘lib, unda diniy «goh»lar-gimnlar va qadimiy eroniy tillarda gapiruvchi xalqlarning tashkil topishi bayon qilingan. Avesto tili shartli nom bo‘lib, har xil davrda va har xil sharoitda yozilgan, I qismlari er. avvalgi II minginchi yillarda og‘zaki holda to‘qilgan bo‘lib, og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan. Diniy hikoyalar, gimnlar, odatlar eramizning birinchi yillari qisqartirilgan holda yozilgan bo‘lsa kerak. Bu davrda Avesto tili o‘lik til bo‘lib, hech kim bu tilda gapirishgan emas va Sosoniylar davrida (eramizning III-VII asr). Tavrot, Injil va Qur’onga o‘xshash muqaddas kitob sifatida o‘qilgan. Avesto kitobining juda oz qismi bizgacha yetib kelgan bo‘lib, u ham VIII-IX asrlarda yozilgan. Avesto tili ham yetarli darajada o‘rganilmagan, faqat Eronda mashhur avestoshunos Pur Dovud uning tili va tarjimasi bilan shug‘ullangan va nashr ettirgan. Qadimgi eroniy til. Eramizdan avvalgi I minginchi yillarda Eron yassi tog‘liklarida yashagan fors qabilalarining tili bo‘lib, mixxatdan foydalanishgan. Er.avvalgi VI-IV asrlarda Ahamoniylar sulolasi shu xatda yozishgan. Sak (skif) tili. Shimoliy qora dengiz bo‘yida yashovchi qabilalarning tili bo‘lib, er.avvalgi VIII-VII asrlardan to eramizning IV-V asrlariga taaluqlidir.2 Midiy tili. Eramizdan avvalgi I minginchi yillarning yarmida Eron yassi tog‘ligining Kaspiy dengizining janubiy tomon ketgan hududida yashagan midiy qabilalarining tili bo‘lib, uning tili haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Faqat ayrim midiy so‘zlari yunon tarixchi-olimi Geredotning «Tarix» va boshqa asarlarida va qadimgi eron matnlarida uchraydi. O‘rta fors tili. Eramizning III-VII asrlarida Eron hududida oromiy yozuvining turli variantlarida yozilgan ko‘plab yodgorliklarning tili shartli ravishda yuqoridagi termin bilan ataladi. Sosoniylar sulolasi Eronda hukumronlik qilgan paytda o‘rta fors tili davlat tili bo‘lib, u ibodatxonalarda otashparastlik dinining tili bo‘lib ham xizmat qilgan. Bu tilda ko‘plab diniy (otashparastlik) va dunyoviy adabiyotlar yaratilgan. Sharqiy Turkistonning Turfan qal’asida topilgan Moniylar xarakatini aks ettiruvchi xujjatlar ham shu tilda yozilgan. O‘rta fors tilini ko‘pincha pahlaviy tili deb ba’zi adabiyotlarda beriladiki, bu xatodir. Parfyan tili. er.avvalgi I minginchi yilning oxirlarida va eramizning I minginchi yillarining boshlarida O‘rta Osiyo va Xurosonda yashagan qabila – xalqlarning tilidir. Bu tildagi so‘zlarning ayrimlari hozirgi arman tilida uchraydi. Parfyan tilidagi yozuvlarning ko‘pchiligi toshga yozilgan. So‘g‘d tili. Zarafshon daryosi vohasida yashovchi sug‘diyon xalqlari tili bo‘lib, ular VIII asrga oiddir. Sug‘d tiliga oid materiallar Tojikistonning Panjikent va Zahmatobod tumanlarida olib borilgan qazish ishlarida ko‘plab topilgan. So‘g‘d tilida zarb etilgan tangalar sharqiy Turkistonda topilgan. Xorazm tili. Amudaryoning quyi oqimidagi pasttekistlikda yashagan xalqning tili. Xorazm tili haqida ma’lumotlar juda kam, faqat arabiy manbalarda Xorazm tilida qo‘llanilgan so‘zlar va iboralar uchrab turadi. (VIII-XIV asr) Xorazm tilida yozilgan ko‘plab epigrafik yodgorliklar qadimgi Xorazm tuprog‘ini qazish ishlari olib borilganda topilgan. Download 405 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling