O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Bir qiz sochin silamagan barmoqlar


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Bir qiz sochin silamagan barmoqlar, 
Bir tuproqqa to‘kilgan qizg‘aldoqlar, 
Bevaqt qurbon bo‘lib ketgan o‘g‘lonlar
17
.
“O‘zbek qizlari” she’rida esa o‘zbek qizlarining soddadilligi soddalik ramzi 
bo‘lgan qizg‘aldoqqa o‘xshatiladi, sir yashirgan ko‘ngillari ruhiyati qizg‘aldoq obrazi 
orqali ochib beriladi. 
Jilmaysa nur yog‘ar gul yonoqlardan, 
Sir yashirar hatto qizg‘aldoqlardan. 
Oftob botgandan so‘ng xilvat bog‘lardan, 
Behuda izlamang sira izlarin - 
Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin...
18

17
Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 67. 


35 
“Mana shu - men tug‘ilgan go‘sha” deb boshlanuvchi she’rida qizg‘aldoq hamdard 
singil qiyosida namoyon bo‘ladi. Shoir yozadi: 
Yodladimu aytolmay unga,
Bag‘ri dilim to‘ldi dog‘ bilan, 
Osmonlarga termulib yotdim,
Tomda singlim qizg‘aldoq bilan 
She’rning so‘nggi ikki misrasida bu obrazni shoir mehribon, hamdard singil
sifatida qo‘llaydi. Qalbidagi yurak dog‘ini ham qizg‘aldoqqa qiyoslaydi. 
Anglashiladiki, M.Yusuf she’rlarida qizg‘aldoq obrazi xokisorlik, ezgulik, poklik, bir 
so‘z bilan aytganda, vafo ramzi sifatida ko‘zga tashlanadi. “Qizg‘aldog‘im” she’rida ham 
sabr, vafo yo‘lida o‘zidan, o‘zligidan kechgan, jayron o‘tgan so‘qmoqlarga yoshin to‘kkan 
qizg‘aldoqni uchratamiz: 
Qizg‘aldog‘im, qirdan bo‘lak koshonang yo‘q, 
 Kokil yoysang, yerdan bo‘lak toshoynang yo‘q,
O‘ksib- o‘ksib turganingda o‘zim borib 
 Peshonangdan o‘pay desam peshonang yo‘q 
Shoir qizg‘aldoqda ayrim insonlarga xos manmanlik kabi illatni emas, asta 
bosh egib turishi ulug‘vorlikni ko‘radi, insoniy dardni his qiluvchi, qalbi uyg‘oq 
odamlarga, kamtarin insonlarga o‘xshatiladi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling