36
qizg‘aldoq bag‘ri to‘lib gulgun yashnaydi. O‘zi go‘zallashib, tabiatni ham yanada
ko‘rkamlashtiradi:
Qadring bilgan, darding bilgan, ayt kiming bor?...
Kelib-ketar bahor senga bevafo yor,
Go‘zalsanki, senga bari gullar ag‘yor,
“Oh” ursang, bir ohing tinglar ostonang yo‘q...
Bahor o‘tishi bilan qizg‘aldoq go‘yo yer bag‘riga singib ketgandek g‘oyib
bo‘ladi. Kelgusi bahorda
esa shu hol qayta takrorlanadi, yillar osha shu holat
takrorlanaveradi. Tabiatning bu hodisasidan ustalik bilan foydalangan shoir yorini
intiq kutgan oshiq holatini qizg‘aldoqda jonlantiradi. O‘z sevgilisi visoliga
oshiqqan qalb iztiroblari qizg‘aldoqning o‘z bahorini sog‘inch
bilan kutib
yashashiga o‘xshatiladi. Muhammad Yusuf insof, imon, oqibat, sof qalb,
ezgulik kabi muqaddas tuyg‘ularni “Qizg‘aldoq” obraziga jo qila oldi:
Oldingga men borolmasam, o‘t gunohim,
Bir yo‘qlab qo‘y, men dunyodan o‘tgan chog‘im,
Qabrim uzra hilpirab tur, qizg‘aldog‘im,
Muhammaddan bo‘lak do‘sti devonang yo‘q
19
...
Shoir
tabiatga, hayotga ijodiy yondashar ekan, uning abadiy,
tuganmas
ekanligiga tan beradi. Hayot, tabiat qoshida o‘zining qilgan mehnatlari oz
ekanligini e’tirof etadi. Shoirning o‘zidan keyin ham tabiat bag‘ridagi qizg‘aldoq
qolishiga ishonchi, oddiygina tabiat hodisasidan falsafiy
fikr yuritishi mehr-
muhabbat ramzi bo‘lgan qizg‘aldoqni abadiyatga muhrladi. Zero, insonning pokiza
tuyg‘ulari ham abadiydir.
A.Oripov, Rauf Parfi ijodida o‘zbek she’riyatida an’anaviy obrazga aylangan
.
“Uchinchi odam” obrazini uchratamiz. A.Oripov talqinicha “uchinchi odam”
shunday kuchga egaki, uningsiz biror ish, biror yumush hal bo‘lmaydi. U
payg‘ambar
shakliga kirib, bandalariga “xudodan dalolat beradi”; ne-ne o‘jar
shohlardan elchi bo‘lib, goh bosh keltirib, gohida boshi ketadi. U azaldan tiriklikka
19
Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 53-54..
37
hakamlik qiladi. Muhammad Yusuf uchinchi odam obrazining muhabbat bobidagi
qirrasini talqin qilar ekan, shu qirraning yangi ma’nolarini yoritadi. O‘sha
uchinchi
odamning muhabbat bobida buyuk bir mahram ekanligiga alohida e’tiborni qaratadi.
“Uningsiz visol ham yo‘qdir aslida” deya o‘z she’rlarida isbotlashga harakat qiladi.
Jumladan, shoirning “Dalada” she’rida ikki intiq qalbning bir-biriga intilishiga
kontrast holda uchinchi odamning ajratishga urinishini aks ettiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: