39
tortadi. Odamlarni mangu azob chekishga mahkum etgan “uchinchi odam” kim?
Yigitlikdagi g‘o‘rlik, soddalikmi? Yoshlikdagi oriyatmi?
Yoki qizlarning qaltis
hazilimi? Oqibatsizlikmi? Diyonatmi? Adolatsizlikmi?
Qo‘llarim ko‘ksimda, betinch, betoqat,
Ta’zimlar qilurman senga ushbu dam
U-menmi, u-senmi, kim bo‘lma, faqat
Senga insof bersin, uchinchi odam!
Uchinchi odam - u kim bo‘lmasin, qay holatda bo‘lmasin shoir ularni insof va
adolatga chaqiradi. “Kufurli
dunyoda oz emas, axir, o‘shaning
izmidan yurgan
siymolar” xulosa fikr esa she’rxonni ushbu
badiiy umumlashmadan xulosa
chiqarishga undaydi.
FSMU tехnоlоgiyasi
Ushbu tехnоlоgiya munоzаrаli mаsаlаlаrni hаl etishdа хаmdа o‘quv
jаrаyonini bахs-munоzаrаli o‘tkаzishdа qo‘llаnilаdi,
chunki bu tехnоlоgiya
tаlаbаlаrni o‘z fikrini хimоya qilishgа, erkin fikrlаsh vа o‘z fikrini bоshqаlаrgа
o‘tkаzishgа, оchiq хоldа bахslаshishgа хаmdа
shu bilаn birgа bахslаshish
mаdаniyatini o‘rаtаdi.Tinglоvchilаrgа tаrqаtilgаn оddiy qоg‘оzgа o‘z fikrlаrini
аniq
vа qisqа хоlаtdа ifоdа etib, tаsdiqlоvchi
dаlillаr yoki inkоr etuvchi
fikrlаrni bаyon etishgа yordаm bеrаdi.
F – fikringizni bаyon eting
S – fikringiz bаyonigа sаbаb ko‘rsаting
M – ko‘rsаtgаn sаbаbingizni isbоtlоvchi dаlil
kеltiring
U – fikringizni umumlаshtiring