O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018


Download 456.18 Kb.
bet58/73
Sana20.11.2023
Hajmi456.18 Kb.
#1788935
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
Bog'liq
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  1. Matematik-statistik metodlar pedagogik tadqiqotlarda qanday o’rin egallaydi?


  2. Quyidagi matemati-statistik metod bilan bog’liq tushunchlar ta’rifini islab toping va ularning mohiyatini ochib bering: tanlamalar, gipoteza, boshlang‘ich gipoteza, tasodifiy miqdor, korrelyatsion bog‘lanish, tekshirish metodi, birinchi jinsli xato, ikkinchi jinsli xato, t-mezon, f-mezon, x2 -mezon, ruxsat etilganlik mezoni, ozodlik darajasi, dispersiya, taqsimot funktsiyasi, kritik qiymat, bosh to‘plam, normal taqsimot.




4.6. PEDAGOGIK ILMIY TADQIQOT ISHLARINI HIMOYAGA TAYYORLASH VA OMMALASHTIRISH

Tayanch tushunchalar: dissertatsiya, falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc), magistrlik dissertatsiyasi.
Dissertatsiyaning tuzilishi va mazmuni. Doktorlik dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi lozim: mundarija; kirish (dissertatsiya annotatsiyasi); asosiy qism; xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; shartli belgilar va atamalar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa); ilovalar (mavjud bo‘lsa).
Dissertatsiyaning mundarijasida boblar va paragraflarning nomlanishi hamda ularning beti ko‘rsatiladi.
Dissertatsiyaning kirish qismi tadqiqotning mohiyati to‘g‘risida qisqa, lekin yaxlit tasavvur hosil qilishga imkon berishi kerak. Mazkur qismda dissertatsiya tadqiqoti mohiyatini tavsiflaydigan asosiy ma’lumotlar puxta tahrir qilingan, qisqa, aniq va ravon bo‘lishi kerak.
Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak: dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati; tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi; dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi uchun); muammoning o‘rganilganlik darajasi; dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi; tadqiqotning maqsadi; tadqiqotning vazifalari; tadqiqotning ob’ekti; tadqiqotning predmeti; tadqiqotning usullari; tadqiqotning ilmiy yangiligi; tadqiqotning amaliy natijalari; tadqiqot natijalarining ishonchliligi; tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati; tadqiqot natijalarining joriy qilinishi; tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi; tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi; dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiyaning asosiy qismida ishning mazmun-mohiyati bayon qilinadi. Asosiy qism — boblar va paragraflardan tashkil topadi.
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida to‘rtta bobdan iborat bo‘lishi lozim.
Dissertatsiya xulosasida dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha umumlashtirilgan xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq keltiriladi. Xulosa tahririy jihatdan puxta, qisqa, aniq va ravshan ifodalanib, bandlangan (raqamlangan) holda rasmiylashtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati dissertatsiya matnida havola qilingan barcha ilmiy va boshqa nashrlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagi uch qismdan iborat bo‘ladi:
normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar;
monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar;
foydalanilgan boshqa adabiyotlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi.
Dissertatsiyada foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro‘yxatga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dissertatsiyada foydalangan materiallar manbai, uning muallifi va nomi to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Dissertatsiyada ilmiy ish yozishda ishtirok etgan hammualliflarning g‘oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, ular dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida qayd etilishi shart.
Dissertatsiyaning shartli belgilar va atamalar ro‘yxati qismida dissertatsiya matnida nisbatan ko‘p uchraydigan maxsus belgilar va qisqartma so‘zlarga izoh berilishi kerak.
Dissertatsiyaning ilovalari dissertatsiyaning asosiy matni bilan birga bitta jildga jamlangan yoki alohida jild shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Ilovalarga dissertatsiya matnini to‘ldiradigan va tasvirlaydigan yordamchi materiallar kiritilishi mumkin.
Ilovalarning ketma-ketligi dissertatsiya matnida ularga havola qilish tartibiga mos kelishi kerak.
Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining hajmi esa, 100 varaqdan oshmasligi kerak (matn varaqning old va orqa tomoniga yoziladi). Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Mundarija, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati hamda ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kiritilmaydi.

Download 456.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling