Statistika kuzatish metodi. Statistik tafnislash va guruhlash metodi reja


Download 23.43 Kb.
bet1/9
Sana10.02.2023
Hajmi23.43 Kb.
#1185321
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 MAVZU STATISTIKA KUZATISH METODI STATISTIK TAFNISLASH VA GURUHLASH


2-MAVZU. STATISTIKA KUZATISH METODI. STATISTIK TAFNISLASH VA GURUHLASH METODI


REJA
2.1. Statistik kuzatishning mohiyati, ob’ekti va sub’ekti
2.2. Statistik kuzatish shakllari va turlari
2.3. Statistik tasniflashning mohiyati va ahamiyati
2.4. Statistik guruhlash va uning turlari


2.1. Statistik kuzatishning mohiyati, ob’ekti va sub’ekti
Har qanday statistik tekshirish o’sha o’rganilayotgan ob’ekt haqida tegishli ma’lumotlarni to’plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlanadi, shuning uchun ham statistik kuzatish har qanday statistik tadqiqotning birinchi bosqichi deyiladi.
Kuzatish so’zi quyidagi lug’aviy ma’noga ega:
1) biror narsa ( predmet, ob’ekt )ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko’zdan kechirish;
2) biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;
3) voqealarni o’rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish.
Statistik kuzatish – o`rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang`ich ma`lumotlarni to`plash jarayonidir.
Statistik kuzatish deganda o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ma’lum bir yagona ilmiy-tashkiliy dastur bo’yicha qayd qilishga va to’plashga tushuniladi. Statistik kuzatish qanchalik to’g’ri, bir necha bor ilmiy-tashkiliy ekspertizalardan o’tgan dastur bilan o’tkazilsa, uning ma’lumotlar aniq qo’yilgan maqsadga erishish uchun kerakli bo’ladi.
Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang’ich materiallarni to’plashdir. U o’rganilayotgan ob’ektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog’liq.
Kuzatish birligi – bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega bo’lgan birlikdir. Kuzatish birligi bo’lib, aholi ro’yxatida har bir shaxs, korxonalar ro’yxatida har bir korxona hisoblanadi. Hisob – bu biror predmet miqdorini sanab yoki o’lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish.
Statistik kuzatish xo’jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida xo’jalik voqealari buxgalteriya va operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko’pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy, ishlab chiqarish masalalarini o’rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi.
Agarda to’plangan ma’lumotlar noaniq va noto’g’ri bo’lsa, birinchidan sarflangan vaqt va mablag’ zoe ketgan bo’ladi, ikkinchidan esa, olingan natijalar va chiqarilgan xulosalar noto’g’ri bo’lishi mumkin.
Har qanday ma’lumot to’plash ham statistik kuzatish hisoblanmaydi. Uni o’tkazishda quyidagi talab va tamoyillarga rioya qilinadi.

Download 23.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling