Statistika kuzatish metodi. Statistik tafnislash va guruhlash metodi reja
Download 23.43 Kb.
|
2 MAVZU STATISTIKA KUZATISH METODI STATISTIK TAFNISLASH VA GURUHLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fursatli davriy kuzatish
- Bir yo’la kuzatish
- Yoppasiga kuzatish
- Qisman kuzatish
1) uzluksiz (joriy) kuzatish;
2) fursatli kuzatish; 3) bir yo’la kuzatish. Uzluksiz kuzatish - bu voqea ro’y berishi bilanoq uni qayd qilish (hisobga olish)dir. Masalan, tug’ilish, o’lish, nikoxdan o’tish va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qilish organlarida va qishloq yig’inlarida qayd qilish, yaratilgan mahsulotlarni boshlang’ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k. Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir bo’lgandan so’ng ma’lum vaqt o’tganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig’ida takrorlab turish tushuniladi. Masalan, har o’n yilda aholi ro’yxatini o’tkazish, talabalar o’zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali baholash. Bir yo’la kuzatish -bu hodisani har zamonda, extiyoj tug’ilishiga qarab kuzatish. Bir yo’la kuzatish qandaydir masalani yechish maqsadida zaruriyat tug’ilgan hollarda turlicha muddatlarda qayta amalga oshirilib turiladi. Bunday kuzatishga uy-joy fondi ro’yxati, ko’p yillik mevali daraxtlar ro’yxati, tabiiy ofat natijasida ko’rilgan zararlarni baholash ishlari misol bo’la oladi. O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajratiladi. Yoppasiga kuzatish - bu to’plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to’plash. Yoppasiga kuzatishda to’plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma’lumotlar to’planadi. Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro’yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro’yxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol bo’la oladi. Qisman kuzatish - mavjud katta to'plamdan bir qism birliklarni olib, ular haqida ma'lumotlar to'plash. Qisman kuzatishda asosiy uslubiy masala umumiy to'plam birliklari ichidan kuzatish uchun bir qismini to'g'ri olishdan iborat. Bu kichik to'plam shunday shakIIantirilishi kerakki, butun umumiy to' plam birliklari orasidagi 0'zaro munosabatlar yuqori darajali aniqlik bilan kuzatish uchun olingan birliklarda ham 0 'z ifodasini topsin. Shunday sharoitdagina qisman tekshirish natijalari asosida umumiy to'plam haqida fikr yuritish, xulosa chiqarish imkoniyati (ehtimoli) tug'iladi. Statistikada qisman kuzatishning quyidagi turlari mavjud: Download 23.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling