Statistika kuzatish metodi. Statistik tafnislash va guruhlash metodi reja


Download 23.43 Kb.
bet9/9
Sana10.02.2023
Hajmi23.43 Kb.
#1185321
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 MAVZU STATISTIKA KUZATISH METODI STATISTIK TAFNISLASH VA GURUHLASH

Faset - (fr. Facette) so‘zi lug‘aviy jihatdan biror narsaning, masalan geometrik shakl, oyna va hokazo qirrasini anglatadi. Tasniflashda bu so‘z ro‘yxat, ma’lum tartibda nomma-nom sanash ma’noga ega. Har bir faset tasniflash obyektlarini bir belgi asosida ketma-ketlik tartibida sanab chiqish yo‘li bilan tuziladi. Faset shaklida tuzilgan tasniflashga dunyo mamlakatlarini xalqaro standart tasniflanishi misol bo‘la oladi. Unda butun dunyo mamlakatlari uch fasetda
1) bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar;
2) bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar ;
3) bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab ro‘yxati beriladi.
Tasniflashning ierarxik (pog‘onama-pog‘ona) tuzilmaviy usulida obyektlar majmuasi bir-biriga bo‘ysungan tasnif guruhlariga ma’lum ketma-ketlikda taqsimlanadi. Dastlab ular bir belgi asosida yirik guruhlarga, keyin ikkinchi belgi asosida har bir yoki ayrim yirik guruh doirasida kichik guruhlarga, so‘ngra ularning chegarasida sinflarga, va shu tartibda turlicha darajali qismlarga ajratiladi. Natijada tasniflash obyekti batafsil tavsiflana boradi.
Iqtisodiy tasniflashlar tizimi statistik axborotlarni tartiblash, tahlil qilish, saqlash va samarali izlashning muhim vositasidir. Qo‘llanish uchun majburiy hisoblanadigan asosiy tasniflashlar standart kuchiga ega. Ular odatda statistika tashkilotlari tomonidan axborot iste’molchilari bilan kelishgan holda yaratiladi va xalqaro darajada garmonizatsiyalash (uyg‘unlashtirish) predmeti hisoblanadi.
O‘zbekiston davlat statistikasida quyidagi asosiy iqtisodiy tasniflagichlar qo‘llanadi: tovar va xizmatlar, iqtisodiy faoliyat turlari, korxona va tashkilotlar, xalq xo‘jaligi tarmoqlari, boshqaruv hujjatlari, davlat boshqaruv tashkilotlarining belgilari, budjet daromadlari va xarajatlari, mulk shakllari, tashkiliy-huquqiy shakllar, ma’muriy-hududiy bo‘linmalar obyektlari, mahsulotlarni (xizmatlar, ishlar) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari, asosiy aktivlar (fondlar) va boshqa narsalarning tasniflagichlari. Eskirib qolgan tasniflagichlar yangi sharoitga moslashtirilib xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqilmoqda, yangilari esa yaratilmoqda.
Download 23.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling