2.2. Statistik kuzatish shakllari va turlari
Hodisalami qayd qilish vaqti, boshlang'ich ma'lumotlami olish usuli, kuzatish birliklarini o'z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo'linadi.
Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlami to'rtta turga bo'lish mumkin:
1) statistik hisobot;
2) maxsus doimiy tekshirishlar;
3) ro'yxatIar;
4) biznes tekshirishlar.
Hisobot - korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda belgilangan tartibda va vaqtda olishni ta’minlovchi kuzatish turidir. Davlat Statistikasi haqidagi” qonunga muvofiq respublika hududida joylashgan va yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan barcha korxonalar va tashkilotlar, ularning mulkiy va tashkiliy-xuquqiy shaklidan qat’iy nazar, o’z faoliyati haqida aniq va to’la ma’lumotlarni belgilangan dasturda, tartibda va muddatda tegishli davlat statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir.
Joriy maxsus tekshirishlar - bu maxsus respon-dentlarni yollab hodisalar haqida boshlang’ich ma’lumot-larni muntazam yoki vaqtma-vaqt qayd qilish yo’li bilan to’plash jarayonidir.
Biznes tekshirishlar - bu savolnomalar yordamida iqtisodiy holatni tahlil qilish va qisqa muddatli iqtisodiy istiqbolni belgilash uchun savol-javob yo’li bilan tadbirkorlardan ma’lumotlar to’plashdir.
Biznes-tekshirishlar bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan statistik kuzatishdir. Ularning asosiy maqsadi tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatini o’rganishdan iborat. Joriy maxsus tekshirishlardan farqli o’laroq, biznes tekshirishlar tadbarkorlardan intervyu olish, oldin tayyorlangan savollarga yozma yoki og’zaki javoblarni maxsus savolnomalarda qayd qilishga asoslanadi. Ularning o’ziga xos xususiyati shundaki, savolnomalar kompleks xarakterga ega bo’lib, o’zaro bog’langan bir-birini to’ldiruvchi savollardan, ularning ma’lum masalaga oid majmualaridan tashkil topadi, natijada iqtisodiy faollikni har taraflama yoritish imkonini beradi.
Voqealar sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |